So’nggi yangiliklar

00:37"Сельта" билан ўйинда четлатилган "Реал" футболчиларига ҳукм чиқарилди  2 00:25ЕЧЛ. "Атлетик" — ПСЖ, "Брюгге" – "Арсенал" ва бошқа учрашувларнинг таркиблари маълум  1 23:55Кейн "Бавария"дан кетишни хоҳламаяпти. Унга Ширернинг рекордини янгилаш унчалик ҳам қизиқ эмас  1 23:49ЕЧЛ. "Реал Мадрид" – "Манчестер Сити". Бошланғич таркиблар аниқ!  17 23:35Расман: "Динамо" Ратиньо билан хайрлашди. Футболчининг кейинги манзили аниқ  1 23:06УЕФА "Барса"га қарши ўйиндаги немис мухлисларнинг хатти-ҳаракатлари учун "Айнтрахт"ни жазолайди  1 22:43Эрон. Рустам Ашурматов гол урган ўйинда "Истиқлол" "Малаван" билан дуранг ўйнади  0 22:15"Ал Иттиҳод" Бенземага янги шартнома таклиф қилмади  2 21:53"Рома" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  5 21:21Қаршидаги "Марказий" стадион чими янгиланади   3 20:55Эрлинг Ҳоланд ТВ орқали деярли ҳамма футболни томоша қилишини айтди  6 20:32Каррагер Салоҳдан узр сўради  6 19:51Жеррард Салоҳ ҳақида: "Автобус тагига ташлашди" қабилидаги гаплар нотўғри, аммо ҳеч ким мукаммал эмас"  5 19:25Хитойда спорт идорасининг собиқ раҳбари коррупция сабаб ўлимга ҳукм қилинди  6 19:10Александр Хомяков: "Очиғи, нима дейишга ҳам ҳайронман"  22

Keyn "Bavariya"dan ketishni xohlamayapti. Unga Shirerning rekordini yangilash unchalik ham qiziq emas Yangiliklar

Keyn "Bavariya"dan ketishni xohlamayapti. Unga Shirerning rekordini yangilash unchalik ham qiziq emas

Xarri Keyn Angliya Premer-ligasi rekordini o'ziniki qilishdan ko'ra "Bavariya" bilan sovrin yutishni istamoqda.

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Avvalroq, futbolchining shartnomasida 65 million evro miqdoridagi to'lov bandi mavjudligi va u yozgi transfer oynasida kuchga kirishi mumkinligi malum qilingan edi. Buning uchun ingliz futbolchisi ushbu bandni 31 yanvargacha faollashtirishi kerak edi.

Bild xabar berishicha, Keyn buni qilmaslikka qaror qilgan. Bundan tashqari, u 2026-yilgi Jahon chempionatidan so'ng Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolash masalasini muhokama qilishga tayyor. Hozirgi shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan, tomonlar uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ochiq.

Takidlanishicha, Harri uchun Alan Shirerning Angliya Premer-ligasidagi gollar soni bo'yicha rekordini egallashdan ko'ra, "Bavariya" bilan sovrin yutish muhimroq. "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Shirer Angliya chempionatida 260 ta, Keyn esa 213 ta gol urgan.

"Barselona"ning qiziqishiga kelsak, Kataloniya klubida hujumchi haqida ijobiy fikrlar bildirilgan, ammo uning transferi jiddiy muhokama qilinmagan.

Reyting:    

Fikrlar

   
11 dek 00:29:39
Muhammadali Sirojiddinov
Myu olsa boʻlarkan foydasi tegardi 3 yil norm oʻynab bersa boʻldi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика