Jerrard Saloh haqida: "Avtobus tagiga tashlashdi" qabilidagi gaplar noto'g'ri, ammo hech kim mukammal emas"
10 dek 19:51
Yangiliklar
Jerrard Saloh haqida: "Avtobus tagiga tashlashdi" qabilidagi gaplar noto'g'ri, ammo hech kim mukammal emas"
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" vingeri APL doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinni (3:3) to'liq zaxirada o'tkazdi, u oldingi ikkita bahsni ham zaxira o'rindig'ida boshlagan edi. Uchrashuvdan so'ng Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotni tanqid qildi: "Men klub uchun shuncha ish qildim, ular esa meni "avtobus tagiga itarishdi". Afrika Kubogi oldidan xayrlashaman – keyin nima bo'lishini bilmayman". 33 yoshli misrlik futbolchi ECHL doirasidagi "Inter"ga qarshi bahs (1:0) qaydnomasiga kiritilmadi.
"U o'ynamayotganidan qattiq xafa ekanligi ko'rinib turibdi va men buni hurmat qilaman. U jamoaga yordam berishni istayotgani aniq.
Uni "avtobus tagiga tashlashgani" haqidagi gaplar – bu noto'g'ri. Bundan biroz chekinish, murabbiy bilan gaplashib olish kerak. Virjil van Deyk: "Buni qanday hal qilamiz?", deb so'rashi lozim. Masala klub yoki jamoada emas, gap ko'proq muxlislarda.
Men bunga o'xshash holatni ko'rganman va [Luis] Suares Brendan [Rojers] bilan shaxsan janjallashib qolganida buni boshdan kechirganman. O'zim ham bundan o'tganman. Men "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda o'zimni Saloh kabi tutganman va 30 soniya ichida qizil kartochka olganman.
Shunday ekan, hech kim mukammal emas va barcha o'yinchilarda hissiy portlashlar bo'lib turadi. O'ylashimcha, vaqt o'tib, hammasi tinchlangach, Mo shunday deydi: "Men bu gapni aytmasligim kerak edi. Balki men biroz hissiyotga berilgandirman va shoshqaloqlik qilgandirman".
Yakunda "Liverpul"ga Mo Saloh yana yaxshi o'ynashi va gol urishi uchun kerak, chunki u eng yaxshi o'yinchi va to'purar, u jamoaga ushbu vaziyatdan chiqib ketishga yordam beradi.
Agar vaziyat shundayligicha qolsa, bu biz ko'rib turganimizdan ko'ra ancha jiddiyroq tus oladi", – dedi Jerrard "TNT Sports" efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar