So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70

Rasman: Davron SHakurbanov O'zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi Yangiliklar

Rasman: Davron SHakurbanov O'zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

Bugun O'zbekiston Professional futbol ligasida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston futbol associaciyasidan Ravshan Ermatov, Avaz Maksumov, SHoakram Isroilov hamda O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligidan Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Yig'ilishda bosh direktor sifatida faoliyat yuritib kelgan Omon G'ofurovning tashkilot rahbarligidan bo'shash to'g'risida ariza yozganidan so'ng Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlash masalasi ko'rildi.

O'zPFL Ustavigako'ra, O'zPFL Ijroiya qo'mitasi azolari tashkilot bosh direktorini tasdiqlashi lozim. SHundan kelib chiqib, O'zPFL bosh direktori lavozimiga futbol sohasida uzoq yillar mobaynida faoliyat olib borib tajriba to'plagan Davron Gayratovich SHakurbanov nomzodi tavsiya etildi.

Yig'ilishda ishtirok etgan O'FA vice-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ravshan Ermatov Professional futbol ligasining milliy futbolimizdagi eng muhim bo'g'inlardan biri ekanini takidlab, O'zPFLning oldingi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va ushbu masuliyatli davrda ish boshlayotgan yangi rahbarga omad tiladi. O'zPFL Ijroiya qo'mitasi qaroriga qadar Davron SHakurbanov O'zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Davron SHakurbanov 1972 yil tavallud topgan. Malumoti – oliy.  Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent shahar futbol federaciyasida masul kotib, shuningdek, “Bunyodkor” klubida texnik va sport direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq CHAMPIONAT.ASIA sayti aynan Davron SHakurbanov ushbu lavozimda ish boshlashi haqida xabar qilgandi. 



Reyting: -69   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика