Rasman: "Andijon" futbolchisining qizil kartochkasi bekor qilindi
19 iyu 2024 17:28
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" futbolchisining qizil kartochkasi bekor qilindi
O'zbekiston futbol Associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda so'nggi tur doirasida o'tkazilgan uchrashuv intizomiy ishi ko'rib chiqildi.
Superliga. "Qizilqum" — "Andijon"
"Andijon" futbol klubi tomonidan 2024 yilning 15 iyun kuni Superliganing 11-turi doirasidagi "Qizilqum" — "Andijon" uchrashuvining 24-daqiqasida "Andijon" klubi futbolchisi Ilhomjon Abdig'anievga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish so'ralgan.
Tartib-intizom qo'mitasi Ilhomjon Abdig'anievga ko'rsatilgan qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan, O'zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasining xulosasiga ko'ra bekor qilinishi haqida qaror qabul qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar