Ramos: "Penalti bor edi, Langle meni ushlab qoldi"
24 okt 2020 22:41
Yangiliklar
Ramos: "Penalti bor edi, Langle meni ushlab qoldi"
Eslatib o'tamiz, uchrashuv bosh hakami Xuan Martines Munuera "Barselona" futbolchisi Kleman Langle raqibi Serxio Ramosni kiyimidan ushlab yiqitgani uchun penalti belgilagandi.
- Bu jamoalar doimo himoyada ajoyib o'yin ko'rsatgan. SHu boisdan ikki tomonda ham ochiq hududlar kam edi. Natijada gollar urilishi oson bo'lmaydi.
Biz to'pni raqiblardan olib qo'ygan holda gol urdik, bu esa doimo himoyachilarni qo'rqitadi. Ikkinchi taymda ikkinchi golimizdan keyin himoyaga ko'proq etibor berdik. Bugun jamoamiz bir maqsad yo'lida ajoyib harakat qildi. Endi tanqidlarni biroz yig'ishtirib, o'yinlarni taxlil qilish vaqti keldi.
- Penalti haqida nima deya olasiz?
- Bu toza penalti edi. Langle meni ushlab qoldi. O'shanda to'pga sakrashga tayyor turgandim va undan ko'ra yaxshiroq poziciyada edim. Bu vaziyatda penalti bergan hakamni muhokama qilish noo'rin.
Fikrlar