Ramos: "Barsa"da Messi bo'lmaganida, "Real" ko'proq sovrin yutgan bo'lardi. Biz yillar davomida undan jabr ko'rdik"
08 apr 2021 13:48
Yangiliklar
Ramos: "Barsa"da Messi bo'lmaganida, "Real" ko'proq sovrin yutgan bo'lardi. Biz yillar davomida undan jabr ko'rdik"
"Real" sardori Serxio Ramos "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga hurmat ko'rsatdi.
"Biz yillar davomida Messidan jabr ko'rdik. Balki "Barselona"da Messi bo'lmaganida, biz ko'proq sovrinlar yutgan bo'lardik.
SHunday vaqtlar bo'ldiki, biz tarixdagi eng yaxshi "Barselona" bilan o'ynadik. Bizda Mourinyudek ajoyib murabbiy bor edi, ammo bizga ularni yutish og'ir edi. Biz tez-tez g'alaba qozonmadik, katta keskinlik bor edi, buni bazida biz, bazida ular yaratishardi", - deydi o'yinchi.
Ramos "Real" bilan 5 bor, Messi esa "Barsa" bilan La Ligada 10 bor zafar quchgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar