"Ramazon - professional futbolchi uchun sinov, ammo moslashish mumkin!" - Dietologdan ro'zador futbolchilar uchun tavsiyalar
25 fev 15:12
Yangiliklar
"Ramazon - professional futbolchi uchun sinov, ammo moslashish mumkin!" - Dietologdan ro'zador futbolchilar uchun tavsiyalar
Ro'za va katta yuklamalar:
Eslatib o'tamiz, 2026 yilda Ramazon oyi 18 fevralda boshlandi va 19 martga qadar davom etadi. Mutaxassisning takidlashicha, bu davr futbolchilardan katta iroda talab qiladi:
"Fiziologik va psixologik jihatdan bu professional futbolchi uchun haqiqiy sinovdir, chunki ulardan yuqori jismoniy faollik talab etiladi. Jarahat olish xavfini va ishchanlik pasayishini kamaytirish uchun ovqatlanish va suv ichish rejimini to'g'ri rejalashtirish juda muhim.
Top-klublarda tibbiy shtab futbolchining maksimal formasini saqlab qolish maqsadida bir qator tekshiruvlar o'tkazishi odatiy hol. Yaxshi rejalashtirish va to'g'ri strategiya orqali o'yinchi bunga bemalol moslasha oladi. Balki u o'zining mutlaq cho'qqisiga chiqa olmas, lekin, albatta, juda yuqori samaradorlik darajasiga erisha oladi," — dedi Sanches.
Dietologning ro'zador futbolchilar uchun tavsiyalari:
Amanda Sanches iftorlik va saharlik vaqtida racionga nimalarni qo'shish kerakligini alohida sanab o'tdi:
Oqsillar: Tovuq yoki baliq kabi tez va oson hazm bo'ladigan oqsillarni istemol qilish;
Uglevodlar: Energiya o'rnini qoplash uchun guruch, makaron yoki kartoshka;
Foydali qo'shimchalar: Tarkibida kletchatka va tabiiy shakar bo'lgan xurmoni racionga kiritish;
Gidrataciya: Organizmda suv balansini ushlab turish uchun etarli miqdorda suv va elektrolitlar ichish.
Bugungi kunda Evropaning top-klublarida harakat qilayotgan ko'plab musulmon futbolchilar to'g'ri tuzilgan grafik evaziga Ramazon oyida ham maydonda ajoyib natijalar qayd etib kelishmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar