Ralf Rangnik: "Tuxel barda ishlardi"
22 mar 00:21
Yangiliklar
Ralf Rangnik: "Tuxel barda ishlardi"
Avstriya termasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya termasini boshqarayotgan Tomas Tuxelning murabbiylik faoliyati qanday boshlanganini aytdi.
"Bizning alohida ishlarimiz unga doimo qiziq bo'lib kelardi. Oradan bir qancha vaqtlar o'tib undan murabbiy chiqishini kutgandim, chunki undan yaxshi savollar chiqardi.
"Shtutgart" bosh murabbiyi bo'lganimda u barda hayoti uchun pul topish uchun ishlayotganini bilib qoldim. Bu gaplarga zo'rg'a ishongandim.
Unga qo'ng'iroq qildim va: "Bizning yonimizda ishlab, yoshlar jamoasini boshqarmaysanmi?" deb taklif berdim. Uning murabbiylik faoliyati shunday boshlangandi.
Uning joyi barda emas va maydonda futbolchilar bilan bo'lishi kerak edi. Tomas - juda aqlli, salohiyatli inson. U "Shtutgart"da ko'p narsalarni o'rgandi. Tabiiyki, shu orqali u muvaffaqiyatli murabbiylardan biriga aylandi", - dedi Rangnik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar