Rafinya Alkantara: “Inter”da qolmoqchi edim, ammo endi “Barselona”daman”
31 iyu 2018 09:40
Yangiliklar
Rafinya Alkantara: “Inter”da qolmoqchi edim, ammo endi “Barselona”daman”
“Barselona” yarim himoyachisi Rafinya Alkantara XCHKda “Romaga” qarshi bahs haqida gapirar ekan, kelajagi haqida mutlaqo tashvishga tushmayotganligini aytib o'tdi.
“Roma”ga qarshi bellashuvda jismoniy jihatdan yaxshi “forma”da bo'lishimiz lozim. Kelajagim haqida gapiradigan bo'lsam, bu borada xotirjamman. Oldimdagi muammolar haqida o'ylamoqchi emasman. Men “Inter”da besh oy yaxshi o'yinlarni o'tkazdim va u erda qolishni juda istagandim. Ammo hozir “Barselona” futbolchisiman. SHu bois kelajak haqida bosh qotirmoqchi emasman. Vakillarim, agentlarim bu haqda o'ylashsin. Mening maqsadim – yangi mavsumga har tomonlama shay bo'lish” deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
2017/18 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Rafinya“Inter”da ijara asosida o'tkazdi. U Italiyada 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar