So’nggi yangiliklar

15:02Суперлига. "Сурхон" - ОКМК. Асосий таркиблар маълум  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  0 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  2 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  0 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  1 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  6 09:18Роналду Оқ уйга ташрифидан сўнг Трампга мурожаат қилди  18 08:54"Арсенал" асосий футболчиси жиддий жароҳат олди  0 08:30Ўзбекистон МТЖ 9 йилдан сўнг ушбу натижага эришди  17

Rade Petrovich: "Joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizdan birini o'tkazdik. Kumush medallar uchun kurashamiz" Yangiliklar

Rade Petrovich: "Joriy mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizdan birini o'tkazdik. Kumush medallar uchun kurashamiz"

O'zbekiston Superligasi 22-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (1:1) o'yinidan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bunyodkor"ni bir ochko bilan tabriklayman va ularga omad tilayman. Biz bugun butun musobaqa davomidagi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Raqib deyarli vaziyatlar yaratmadi. Oldinda to'rtta bahs bor. Biz kumush medali uchun kurashishda davom etamiz", - deya fikr bildirdi murabbiy Rade Petrovich.


- Jamoangiz namoyish etgan o'yinga baho berib o'tsangiz?

- Dastlabki 15 daqiqada uchta yaqqol vaziyatga ega bo'ldik, keyin esa o'yinni nazorat qildik. Birinchi bo'limda o'yinni to'liq boshqardik. Faqatgina, standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. Yana bir bor takrorlayman, bugun biz juda sifatli va yaxshi o'yin namoyish etdik. SHu o'yinimizni chempionat so'ngiga qadar saqlab qolishimiz kerak.

- Zoran Petrovich ancha vaqtdan beri jamoada ko'rinmay qoldi. Ko'pchilik, Petrovich "So'g'diyona"ni tark etgan deb aytishmoqda. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritsangiz?

- Sentyabr oyida biz mehnat shartnomasini bekor qildik va Zoran uyiga qaytib ketdi.

- "So'g'diyona" etakchisi Doriev avgustdan buyon gol urmayapti. U hali hamon juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda, ammo gollar yo'qolib qoldi. Bunga sabab nima?

- Ha, u qanday o'yinchi ekanligini bilasiz. Umid qilamanki, u so'nggi to'rtta uchrashuvda yana gollar ura boshlaydi.

- "So'g'diyona" jamoasi joriy mavsumda o'zining to'liq potencialini namoyish eta oldimi?

- Mening fikrimcha, biz yaxshi mavsum o'tkazmoqdamiz. Natijalarimizga SHohrux Abdurahmonovning jarohati tasir o'tkazdi. Abdurahmonov dastlabki turlarda Superliganing eng yaxshi o'yinchisi bo'lib turgandi, ammo u jarohat oldi. Biz SHohruxsiz ham yaxshi natija namoyish etmoqdamiz. Biz ikkinchi o'rin uchun kurashamiz.

- "So'g'diyona" so'nggi ikkita bahsda ochkolar yo'qotdi. OKMKga qarshi va bugun ham jamoangiz birinchi bo'lib gol o'tkazib yubordi. Keyin hisobni tenglashtirdi, lekin bu g'alabaga etarlicha bo'lmadi. Nima deb o'ylaysiz, so'nggi ikki bahs jamoaning yakuniy jadvaldagi o'rnini hal etishi mumkinmi? Aynan shu ikki bahs tufayli "Nasaf" bilan bo'lgan farq yiriklashib ketdi.

- Men aytib o'tganimdek, biz bugun juda yaxshi o'yin namoyish etdik. Barcha futbolchilar bugungi o'yindan rozi, menimcha. "Qizilqum", OKMK va "Bunyodkor"larga qarshi uchrashuvda durang qayd etdik, afsuski. SHunga qaramay, shu uchrashuvlarda xarakter ko'rsatdik.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика