So’nggi yangiliklar

17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  7 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Quvondiq Ro'ziev: “Sug'diyona“ bilan o'yin o'zaro murabbiylar jangi bo'ldi” Yangiliklar

Quvondiq Ro'ziev: “Sug'diyona“ bilan o'yin o'zaro murabbiylar jangi bo'ldi”

“Qo'qon-1912” jamoasi Superliga uchinchi turida o'z maydonida “Sug'diyona”ni qabul qildi va kichik hisobda zafar quchdi.

Jamoa etakchi o'yinchilaridan biri Quvondiq Ro'ziev bugun Sport telekanaliga bergan intervyusida o'yin borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bu uchrashuv murabbiylar jangi bo'ldi desam, adashmagan bo'laman. Ulug'bek Baqoev va Baxtiyor Ashurmatov o'z vaqtida bitta jamoada ishlashgan. Murabbiylarimizning yuzini yorug' qilish uchun ham alohida mehnat qildik. SHuningdek, yordamchi murabbiy Davron Fayziev ham Jizzaxda faoliyat yuritganlar. Muxlislarni ishonchini qozonish uchun ham yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Ko'plab muxlislar olidida yutqazib qo'ysak ham bo'lmasdi. Bor kuchimizni ishga solib g'alaba qozondik. Ikkinchi gol mashg'ulotlarda ishlangandi, uning samarasini ko'rdik desak ham bo'ladi. Murod Holimuhammedov standartlarga moslashgan futbolchi. Jarima, burchak, penalti zarbalarida adashmaydi. Bundan unumli foydalanyapmiz. Filip Raevac oldin ham jamoamizda o'ynab ketgan. Qo'qondagi faoliyati orqali o'zbekistonlik muxlislarga tanilgan. SHu sababli chiqishib ketishda muammo bo'lmadi. Huddi o'z uyidek his qilmoqda. Qoida buzishning farqi bor. SHavkat Mullajonov biroz pastroq zarba berganida jarohat jiddiy bo'lishi mumkin edi. SHuni takidlab o'tmoqchimanki, hammamiz futbolchilarmiz. Topadigan nonimiz maydon ichida. Bir-birimizni hurmat qilsak maqsadga muvofiq bo'ladi”, - deydi Ro'ziev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика