So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"Qurbaqalar" "Kamp Nou"ni zabt etishga urinadi, "Vilyarreal" "turklar"ni cho'ktirishga harakat qiladi, "Qirollik klubi" esa "Selta" mehmoni bo'ladi (prevyu) Yangiliklar

"Qurbaqalar" "Kamp Nou"ni zabt etishga urinadi, "Vilyarreal" "turklar"ni cho'ktirishga harakat qiladi, "Qirollik klubi" esa "Selta" mehmoni bo'ladi (prevyu)

Bugun LaLiganing 18-turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

"Leganes" - "Real Sosedad"

Yakshanbadagi ilk bahs Madridga yaqin shaharda bo'lib o'tadi. "Leganes" uyda jamg'arish mumkin bo'lgan 21 ochkodan 11tasini olishga muvaffaq bo'lganiga qaramay, jamoa o'z stadionida o'tkazgan so'nggi 5ta uchrashuvning 4tasida g'alabaga erishdi. "Real Sosedad" raqibdan o'yin, tarkib borasida kuchliroq bo'lishiga qaramay, ko'pincha mehmonda beozor mushukchaga aylanib qoladi. Mezbonlar so'nggi bahslardagi o'yinini ko'rsata olsa, "Sosedad" uyga ochkosiz qaytishi mumkin.


"Barselona" - "Levante"

Ernesto Valverde jamoasi katta ishonch bilan turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. "Barselona" voqealar rivojini tezlashtirmayapti, biroq uyquga ketgan ayiq kabi xotirjam ham emas. Ular kerakli uchrashuvda o'z maqsadlariga erishishmoqda. Uzoq muddat jarohatini davolagan Usmon Dembele safga qaytdi. "Levante" esa jadvalning quyi qismida, biroq "qurbaqalar" ("Levante" laqabi) LaLiga doirasida mehmonda o'tkazgan 7ta uchrashuvning bor-yo'g'i 1tasida mag'lub bo'lgan. G'alabalar soni ham shuncha. Ketma-ket 7ta mehmondagi uchrashuvlarda mag'lub bo'lmagan "Levante" "Kamp Nou"da ham jon saqlab qola olsa, bu haqiqiy sensaciyaga aylanadi...


"Vilyarreal" - "Deportivo"

"Sariq suvosti kemasi" uchta mag'lubiyat so'ng turnir jadvali qariga tushib ketishdi, ammo ketma-ket ikkita g'alaba ularga o'z kuchini qaytargandek bo'ldi (gap LaLigadagi o'yinlar haqdia ketmoqda). "Deportivo"dek jamoaga qarshi bahsda "Vilyarreal" bor kuchini ko'rsatishi lozim. "Turklar" ("Deportivo" laqabi) esa joriy mavsum juda yomon o'yin ko'rsatishmoqda va jamoa uyda yoki mehmonda o'ynashidan qatiy nazar, salbiy natijalarga erishyapti. Bugun bo'lib o'tadigan bahsda "Suvosti kemasi" "turklar"ni cho'ktirib yuborishi tayin.


"Atletik" - "Alaves"

"San-Mames"da bo'lib o'tadigan bahsda LaLiganing ketma-ket 6ta o'yinida mag'lub bo'lmayotgan "Atletik" so'nggi uchrashuvlarini muvaffaqiyatlik o'tkazayotgan "Alaves"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi ikki uchrashuvda "Alaves" 4 ochko ishlab olgan. Hozir ikkala jamoa ham turnir jadvalining ikkinchi qismidagi joylarni egallab turishibdi. "SHerlar" ("Atletik"ning laqabi) bu uchrashuvda mahorat evaziga raqibni mag'lub etadi deb o'ylaymiz.


"Selta" - "Real"

Turning markaziy uchrashuvi "Balaidos" stadionida bo'lib o'tadi. Galisiyada bo'lib o'tgan "Selta" hamda "Real" o'rtasidagi bahslar doimo kurashlar va gollarga boy bo'lgan. Ikki jamoa bir necha kun oldin Ispaniya Kubogida o'yin o'tkazgan bo'lishiga qaramay, ular katta kuch yo'qotishgani yo'q. "Qirollik klubi" safida Serxio Ramos jarohat oldi, ammo "qaymoqranglilar" g'alaba uchun bor kuchini ishga solishi tayin. Bu bahsda hisob qanday bo'lishini oldindan taxmin qilish qiyin.


Uchrashuvlar vaqti:

16:00. "Leganes" -  "Real Sosedad" (Aleziya.com)

20:15. "Barselona" - "Levante" (Aleziya.comUzreport, Match! Futbol 3)

22:30. "Vilyarreal" - "Deportivo" (Aleziya.com)

22:30. "Atletik" - "Alaves"

00:45. "Selta" - "Real" (Aleziya.com, Futbol TV, Match TV, Match! Futbol 3)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика