Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlaydi
04 iyu 2024 10:27
Yangiliklar
Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi ikkinchi davrani "Andijon"da boshlaydi
Superliga vakili safiga Qozog'iston yoshlar terma jamoasi va Belarusning "Gomel" klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Abinur Nurimbet kelib qo'shiladi. "Andijon" rahbariyati mavsum starti avvalida yosh futbolchilarga tayanishini va klub rivojlanishining yangicha yo'lini elon qilgan edi. Aytish mumkinki, ularning yangi strategiyasi asta-sekin o'z samarasini bermoqda. Birinchi davradagi eng muvaffaqiyatli transfer 21 yoshli Bektemir Abdumannonovning qo'shib olinishi bo'lgandi. Yosh yarim himoyachi ayni vaqtda gol+pas tizimi bo'yicha chempionat peshqadami bo'lib turibdi. Unga esa Evropa klublaridan bir nechta takliflar bor.
SHunday ekan, qozog'istonlik yarim himoyachining yosh iqtidorlarni kashf etayotgan jamoada ko'rish qiziq bo'ladi. Abinur yosh bo'lishiga qaramay "Gomel"ning etakchilaridan biri hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar