Qozog'iston futbol federaciyasi Messini Astanaga olib kelmoqchi
23 okt 2017 18:14
Yangiliklar
Qozog'iston futbol federaciyasi Messini Astanaga olib kelmoqchi
Qozog'istonga Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasining to'liq tarkibi kelishi kutilmoqda.
Qozog'iston futbol federaciyasining matbuot-kotibi Erbol Kairovning so'zlariga ko'ra, Argentina terma jamoasi Qozog'iston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishga qarshi emas. Messi va jamoa Rossiyaga qarshi bahsdan so'ng Astanaga kelishga tayyor.
"Argentina o'rtoqlik o'yiniga qarshi emas, ular 11 va 14 noyabr kunlari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishmoqchi. Hammasi mablag'ga bog'liq, bu qimmat turadigan uchrashuv. Argentina o'rniga zaxira variant bor, ammo bu haqida gapirishga erta. Har qanday holatda 14 noyabr kuni terma jamoa o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Yaqin 10 kun ichida biz kelishib olishimiz kerak.
Agar pul topsak o'yin bo'lishi aniq. Muzokaralar o'tkazilyapti" - deydi Kairov.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi 11 noyabr kuni Rossiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar