Qozog'iston azosi Arnold Knaub: "Biz hisobni tenglashtirishga harakat qilib, keraksiz gollar o'tkazib yuboraverdik"
01 okt 2024 22:07
Yangiliklar
Qozog'iston azosi Arnold Knaub: "Biz hisobni tenglashtirishga harakat qilib, keraksiz gollar o'tkazib yuboraverdik"
- O'yin haqida
- O'ylaymanki, birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatgandik – teng o'yin bo'lgandi, hattoki biz yorqinroq ko'ringandik. Hozir bir narsa deyin og'ir. Afsuski, Jahon chempionatidan chiqib ketdik. Bundan to'g'ri xulosa chiqarishimiz, qaerda xato qilganimizni o'rganib chiqishimiz lozim.

- Qozog'istonda xatolar ko'payib ketdi...
- Bilasizmi, 0:3 hisobida ortda borar ekansiz, tavakkal qilishga to'g'ri keladi. Biz hisobni tenglashtirishga harakat qilib, keraksiz gollar o'tkazib yuboraverdik.
- Muxlislar keyingi musobaqalarda terma jamoadan nimalarni kutsa bo'ladi?
- Biz doim g'alaba uchun kurashamiz va borimizni beramiz. Biz bugunga qadar bor kuchimizni sarflaganmiz va bundan keyin ham shunday bo'ladi. Biz – Qozog'istonmiz.
- O'zbekiston mundialni qay darajada o'tkazmoqda?
- O'zbekiston alo darajadagi sharoitni yaratgan. O'ylaymanki, FIFA musobaqani ulardan kutiladigan darajada o'tkazyapti deya olmayman. Ayniqsa, hakamlik masalasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar