So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  2 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  1 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  64 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

"Qosimovdan har kuni yangi narsa o'rganyapman. Jamoadan faqat natija qoladi. O'zbek xalqi mehmondo'st" - AGMKning eronlik legioneri bilan eksklyuziv intervyu Yangiliklar

"Qosimovdan har kuni yangi narsa o'rganyapman. Jamoadan faqat natija qoladi. O'zbek xalqi mehmondo'st" - AGMKning eronlik legioneri bilan eksklyuziv intervyu

Barchaga malumki, Superliga klublari legioner taklif qilishda asosan Serbiya, CHernogoriya kabi davlatlariga yuzlanishadi.

Lekin Olmaliqning AGMK jamoasi joriy yilda boshqa klublardan farqli ravishda eronlik legioner Siyavash Haqnazariyni qo'shib oldi. Ilk turlardanoq o'zidan yaxshi taassurot qoldirayotgan yarim himoyachi Superliganing 5-turiga kelib gollari hisobini ochishga erishdi. "Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan bellashuvda u jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi. Mazkur bahsdan so'ng Siyavash Haqnazariyni suhbatga chorladik. 

- Siyavash keling suhbatimizni uyda "Qo'qon-1912" bilan kechgan o'yin haqidagi taassurotlaringiz, fikrlaringiz bilan boshlsak. Uchrashuvda zaxiradan maydonga qo'shildingiz, o'yinning asosiy qismini zaxirada tomosha qilgansiz. Demak to'liqroq xulosa bildira olasiz?

- Yirik hisobda g'alaba qozonganimiz o'yin oson bo'ldi, degani emas. Muhimi 3 ochkoga ega chiqdik. Futbolda natija muhim. CHunki ertaga sizdan qoladigan narsa aynan natija hisoblanadi. Hech kim qanday o'yin ko'rsatganimizni emas, g'alabani eslaydi. Bor gap shu. O'ylaymanki, shu kuni muxlislar zerikib qolishgani yo'q. 

- Bu AGMKning joriy yilda ko'rsatgan eng yaxshi o'yini edimi?

- Jamoamiz katta salohiyatga ega ekanligini hisobga olsak yanada yaxshiroq o'ynashimizga ishonaman. Har bir bahsda o'tgan o'yindagidan yomon harakat qilmasligimiz kerak. Raqib bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay biz o'z o'yinimizni ko'rsatishda davom etdik. 

- Superligadagi aksariyat legionerlarning muvaffaqiyatsiz o'yinidan jamoaga hali moslashib ketmaganini sezish mumkin. Menimcha sizda bu borada muammo bo'layotgani yo'q? Maydondagi harakatlaringizdan jamoaning o'yin uslubiga tezda kirishib ketganingizni ko'rmoqdamiz...

- Men uchun Superliga ham, mamlakat ham yangi hisoblanardi. SHu bois moslashib olish uchun malum vaqt ketdi. Lekin bir narsani alohida takidlashim kerakki, AGMKda do'stona muhit shakllangan. Jamoaga tezda kirishib ketganimni ajoyib muhit bilan bog'lagan bo'lardim. CHunki barcha bir-biri bilan ahil. 

- Jamoada kim bilan ko'proq muloqotda bo'lasiz? Yaqin do'stingiz bormi?

- AGMK bu - katta jamoa. Unda hamma bir-biri bilan iliq munosabatda. 

- Faoliyatingizda ilk bor Mirjalol Qosimov bilan ishlamoqdasiz. Ushbu mutaxassisga qanday tarif berasiz?

- Mirjalol Qosimov o'zbek futbolining yulduzi va afsonasi. Undan har kuni yangi saboq olyapman, muhim narsalarni o'rganmoqdaman. Murabbiy futbolchilar bilan o'zaro yaxshi til topisha oladi. 

- Eron jamoalarining OCHLdagi ishtirokini kuzatib bordingizmi?

- Ha. Natijalardan xabarim bor. Garchi o'yinni to'liq ko'rolmagan bo'lsamda, kerakli vaziyatlarni tomosha qildim. "Sepaxon" va "Fulad" Eronning kuchli jamoalari hisoblanadi. Hech bir o'yin oson o'tmadi. 

- Milliy taomlarimizdan tatib ko'rganingiz tabiiy... 

- Albatta. Ayniqsa palovning mazasiga gap bo'lishi mumkin emas. Menga juda yoqdi. Lekin futbolchilar doim tartibga amal qilishi kerak. O'zbek xalqi esa mehribon va mehmondo'st. Olmaliqda esa futbolni yaxshi ko'rishadi. 

- Ajoyib suhbat uchun tashakkur! 


SHu kabi intervyular, fakt va maqolalar quyidagi havolada. INTERVYULAR OLAMI

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика