So’nggi yangiliklar

18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 17:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  76 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  5 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  22 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

Qosimov: "Bugungi o'yin futbolning bezagi bo'ldi, bir muxlis kelgan bo'lsa ham, u uchun o'ynaymiz" Yangiliklar

Qosimov: "Bugungi o'yin futbolning bezagi bo'ldi, bir muxlis kelgan bo'lsa ham, u uchun o'ynaymiz"

OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 9-tur doirasidagi "Neftchi" (0:1)ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Neftchi" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin futbolning bezagi bo'ldi desam bo'ladi, muxlislar undan rohatlanishdi. Ikki jamoa ham g'alaba uchun maydonga chiqqandi. Og'ir o'yin bo'lishini bilgandik, shu bilan yutqazishni ham bilish kerak. Keyinga o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

— Yoshlingizda futbol o'ynagan paytingiz raqib murabbiylari o'yinchilariga sizga jarima zarbasi uchun imkoniyat bermaslik kerakligi, shunday bo'lgan taqdirda aniq gol urishingizni aytishgan ekan. Jasur Jaloliddinov bilan ham shunday deb o'ylaysizmi? SHogirdlaringizga ham bunga imkoniyat yaratmaslikni so'raysizmi?

— U ham o'zimizning shogirdda (kuladi). Albatta, shunday deyiladi. Bu erda gapirish oson, ammo o'yinchilar buni bilsa ham maydonda boshqa vaziyat hukm suradi.

Tanaffusga 3-4 daqiqa qolganda gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik. Nodir [Abdurazzoqov] qizg'anmay Xurshid [G'iyosov]ga to'p uzatganida, u birga-bir vaziyatga chiqib ketib, gol urib ketishi mumkin edi. Futbol jamoaviy o'yin, ochko'zlik qilib o'zi urmoqchi edi. Bu haqda kiyim almashtirish xonasida aytdim. SHu vaziyatdan so'ng jarima zarbasi yuzaga keldi.

— Siz shunday zarbalardan gol urgansiz. Nima deb o'ylaysiz, shulardan necha foizida darvozabonlarning aybi bo'lgan?

— Oldin darvozabon yarim jamoa deyishardi. Darvozabon jamoani qutqarmasa, juda qiyin. Ularning masuliyati ulkan. Bu bekorga aytilmagan.

— 90 daqiqa teng kurashga boy o'yin o'tdi. OKMK hech bir jabhada raqibiga yutqazmadi. Jamoaga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

— "Neftchi"ga qarshi mehmonda o'ynash ham oson emas. Oldin aytganimdek, har bir vaziyat o'yinni o'zgartirib yuborishi mumkin. 90 daqiqa o'ynab yarimta vaziyat bo'lishi mumkin. Bugun ham bir qator vaziyatlarimiz bo'ldi, futbol shunaqa. Yigitlarga boshlarini baland ko'tarishni, futbolda hammasini yutib bo'lmasligini aytdim. Bu tarix, undan to'g'ri xulosa chiqarish kerak.

— Bugun Avaz O'lmasalievga ehtiyoj bo'lmadimi yoki jarohati bormidi?

— Ahmadalievda ham jarohat bor edi. Ular tayyor emasdi, shu sabab tavakkal qilmadik.

— OKMK "Neftchi"ga qarshi o'yingacha uchinchi o'rinda edi. O'yinchilaringizning ko'plarini muxlislar tanishmaydi. SHu uchinchi o'rinda yurish uchun futbolchilarni psixologik tayyorlash kerakmi?

— Nafaqat ruhan, balki jismoniy taraflama ham. Bundan tashqari, futbol madaniyati degan narsa bor. Sport principi kurashishdir, agar buni o'yinchilarga uqtirsak, natija ham keladi. Avvalambor, bir kishi kelgan bo'lsa ham, o'sha muxlis uchun o'ynaymiz, u bahsdan xursand bo'lib ketishi kerak. SHu sabab o'yinchilarning nomidan qatiy nazar, yuqori natija uchun kurashamiz.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика