Qosimov barcha ananalarga chek qo'ydi. "Andijon" chempion. Poytaxt klublari osmonida esa qora bulut - Superliganing 12-turi haqida
24 iyu 2024 20:16
Yangiliklar
Qosimov barcha ananalarga chek qo'ydi. "Andijon" chempion. Poytaxt klublari osmonida esa qora bulut - Superliganing 12-turi haqida
Mazkur tur davomida muxlislar bir qator qiziqarli uchrashuvlar guvohiga aylanishdi. Biz esa o'tgan o'yinlarga oid qiziqarli malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.
- "Metallurg"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 11 ta o'yinga etdi. Jamoa so'nggi marotaba 2023 yilgi mavsumning so'nggi turida "Olimpik"ni taslim qilgandi.
- "Surxon" Superligada so'nggi 4 ta o'yinda raqiblariga yutqazgani yo'q, 2 durang, 2 g'alaba.
- Bekobodliklar 3 ta o'yindan beri "Surxon"ni yutishni uddalay olmayapti. Ular oxirgi marta 2022 yilgi mavsumda raqibidan 3 ochko tortib olgan.
- SHahzod Ubaydullaev Superligadagi 95-uchrashuvida maydonga tushdi va 27 ta gol urdi.
- Jahongir Abdusalomov faoliyatida ilk bor bitta o'yinda 2 ta gol urdi.
- Qiziq fakt. "Metallurg" 2024 yildagi barcha mag'lubiyatlarni faqat mehmonda qabul qilib olmoqda. Mezbon maqomida esa hali yutqazgani yo'q va 4 bor durang qayd etdi.

- "Navbahor" Superligada so'nggi 3 ta o'yinda raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi.
- "Lochinlar"ning chempionat bahslaridagi g'alabasiz seriyasi 4 ta o'yinga etdi.
- "Qizilqum" 3 yildan so'ng Namanganda "Navbahor"dan ochko oldi. Navoiyliklar bu ishni 2021 yilgi mavsumda uddalagandi.
- Jamshid Saidov jamoasi Superligada 10 ta o'yindan beri o'yinlarni 3 ochkosiz tugatmoqda. Jamoa oxirgi bor joriy yilning 11 mart kuni "Surxon" ustidan zafar quchgandi.
- "Navbahor" bu yil yutqazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Namanganliklar Superligada oxirgi marotaba 2023 yilning noyabr oyida "Olimpik"ka engilgandi.

- "Nasaf" o'z maydonida hali taslim bo'lmagan Superliganing ikkinchi jamoasi sifatida ketmoqda.
- "Neftchi" mehmondagi so'nggi 4 ta o'yinning faqat 1 tasida yutuqni qo'lga kiritdi.
- "Neftchi" ketma-ket ikkinchi mavsumda Qarshida gol ura olmadi. Bu ishni bajargan so'nggi "Neftchi" futbolchisi Izzatilla Abdullaev hisoblanadi.
- Joriy yilda ilk bor "Neftchi" va "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuvlarda avtogol qayd etildi.
- Mirjalol Qosimov OKMK boshqaruviga kelganidan buyon ilk bor "Paxtakor"ni taslim qildi. Murabbiy mazkur vazifani so'nggi bor 2018 yil "Bunyodkor" bilan bajargandi.
- OKMK chempionat doirasida esa 7 yildan so'ng "sherlar"ni mag'lub etdi. Bu ishni ular so'nggi marotaba 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasida uddasidan chiqqandi.
- Olmaliqliklar uyda ochko jamg'arish bo'yicha jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi, 16 ochko.
- "Paxtakor" elitada 3 yildan keyin bitta o'yinda 4 ta gol o'tkazdi. Poytaxt klubiga so'nggi marotaba 2021 yilgi mavsumning 21-turida "Qo'qon-1912" 4 ta gol urishni uddasidan chiqqan edi.

- "Bunyodkor"ning "Olimpik" bilan o'yinlardagi yoqimsiz ananasi davom etdi. Bu ikki jamoa o'rtasidagi beshinchi o'yin sifatida tarixga kirdi. Mazkur bellashuvlarning 4 tasida durang, 1 tasida esa Timur Kapadze shogirdlarining qo'li baland kelgan. "Bunyodkor" esa uchinchi mavsumdirki "Olimpik"ni mag'lubiyatga uchrata olayotgani yo'q.
- Bosh hakam mezbonlarning ikki futbolchisi Mirjahon Mirahmadov va Frane CHiryakka qizil kartochka ko'rsatdi. "Qaldirg'ochlar" uchrashuvni 9 kishi bo'lib tugatishga majbur bo'ldi. "Bunyodkor" futbolchilari O'zbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta bitta o'yinda ikkita qizil kartochka oldi.
- Temurxo'ja Abduxoliqov professional faoliyatidagi 418-uchrashuvida maydonga tushdi va 165-golini urdi.
- "Qaldirg'ochlar" ketma-ket to'rtinchi o'yinda maydonni g'alabasiz tark etdi.
- "Bunyodkor" Superligada feyr-pley bo'yicha eng yomon jamoa bo'lib turibdi. Jamoa futbolchilari 11 ta o'yinda 5 marotaba qizil kartochka bilan jazolandi.

- "Temiryo'lchilar"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 9 ta o'yinga etdi. Jamoa 14 mart kunidan buyon 3 ochko nimaligini bilmayapti.
- "Lokomotiv" so'nggi 3 ta o'yinda "So'g'diyona"ni yuta olgani yo'q. Jamoa oxirgi bor 2021 yilgi mavsumda o'z maydonida raqibidan ustun kelgan.

- "Dinamo" stadioni 588 kundan so'ng yana Superliga uchrashuviga mezbonlik qildi. So'nggi o'yin 2022 yil 26 noyabr kuni bo'lib o'tgan.
- "Andijon" bu mavsum mehmonda eng ko'p ochko (11) jamg'argan jamoa bo'lib turibdi
- Samarqandliklar o'z maydonida 5 yildan beri "burgutlar"ni yuta olmayapti (oxirgi g'alaba 2019 yil, 2:1).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar