So’nggi yangiliklar

18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  9 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  3 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3

"Qo'qon-1912"ning ikki legioneri Serbiyaga uchib ketdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912"ning ikki legioneri Serbiyaga uchib ketdi

Bu yilgi mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi safida ikki nafar Serbiyalik legioner futbolchilar harakat qilishdi.

Hujumchi Filip Rayevac avval ham bu jamoa safida to'p surgan. Rayevac O'zbekistonda “Bunyodkor”, “Lokomotiv” jamoalarida ham o'ynashga ulgurgan.Himoyachi Ivan Yosovich esa bu mavsumda ilk bor o'zbek klubi sharafini himoya qildi. Kecha tunda Yosovich hamda Rayevaclar o'z yurtlariga uchib ketishdi. “Qo'qon-1912” jamoasining markaziy himoyachisi bo'lgan Ivan Yosovich ketishidan avval O'zbekistondagi taassurotlari haqida klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.

"Avvalo shunday go'zal yurtda bo'lish menga nasib qilganidan xursandman. Men superliganing 24-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” bahsida boshimdan jarohat oldim. Boshim yorilib , o'yinni tugata olmay zahiraga chiqishga majbur bo'lgan edim. SHifokorlar 10-15 kun maydonga chiqa olmasligimni takidlashdi. Bu yoqda esa mavsum tugab bormoqda. Biz pandemiya tufayli salkam bir yil oilamizdan yiroqda bo'ldik. 11 oy uydan olisda yashash oson emas. Albatta tezroq uyga qaytishni istadim. Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovdan, o'ynay olmaydigan bo'lsam uyga ruxsat berishini so'radim. Murabbiyimiz meni to'g'ri tushundilar hamda Filip Rayevac ikkimizni ertaroq jamoani tark etishimizga ruxsat berdilar.

Men O'zbekistonda bo'lganimdan , “Qo'qon-1912” jamoasi safida to'p surganimdan juda baxtiyorman. Biz yil davomida ahil oila bo'ldik. Ajoyib mavsumni o'tkazdik. Jamoa rahbariyati, murabbiylar, futbolchilar va barcha klub azolariga minnatdorchilik bildiraman. Qo'qonda ajoyib muxlislar bor. Bunday fidoiy muxlislar ko'z o'ngida to'p surish kishiga olam-olam zavq beradi. Endi uyga borib biroz hordiq chiqaraman. Menda o'ylab ko'rish uchun vaqt bor. Nasib qilsa balkim kelgusi yilda yana Qo'qonda ko'risharmiz. Mavsumning so'nggi o'yinlarida jamoadoshlarimga omad tilayman. Yana bir bor barchaga rahmat aytaman" – dedi Ivan Yosovich "Qo'qon-1912" matbuot xizmatiga.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика