So’nggi yangiliklar

21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  5 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  0 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  61 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  13 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:13"Рома" АПЛдаги футболчини 20 млн еврога харид қилиш ҳуқуқи билан 3 млн еврога ижарага олди  2

Qo'qon-1912 tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Qo'qon-1912 tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

«Bugun yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimi boshlandi. Tadbirni Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov boshlab berdilar.

Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov «Qo'qon-1912» jamoasidagi o'zgarishlar, tarkib va murabbiylar haqida fikr bildirar ekanlar, bo'lajak mavsumda jamoamizdan katta narsa kutayotganlarini malum qildilar.

Yaxshi natijalar erishishda Qo'qon shahar hokimligi maksimal yordam berishlarini takidladilar.

Shuningdek, Marufjon Azamovich O'zbekiston bo'layotgan islohotlar, futbolga berilayotgan etibor haqida alohida fikr bildirdilar.

Jamoamiz prezidenti Akramjon Mamadaliev yil davomida «Markaziy» stadionda olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha video rolik taqdim etdilar

Shuni takidlab o'tish kerakki, yil davomida «Markaziy» stadion to'liq rekonstrukciya qilindi. Stadionimiz OFK talablariga javob beradigan darajaga keltirildi. Shuningdek, stadion oldida mashg'ulotlar uchun ideal maydon ham qurib, bitkazildi.

Endi jamoamiz prezidenti Akramjon Mamadaliev so'zga chiqib, birinchi navbatda Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonovga minnatdorchilik bildirib o'tdilar.

Jamoamiz rahbari yangi mavsum oldidan «Qo'qon-1912»dagi o'zgarishlar, yangilangan tarkib va «Markaziy» stadionda olib borilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.

Xususan, stadionning yoritish tizimi 2000 luksga chiqarilganini, yugurish yo'lakchasi suniy chim yoritilgani haqida fikr bildirdilar. Bu ishlar orqali stadion O'zPFL talablariga javob beradigan darajaga etkazilganini malum qildilar.

Shundan so'ng jamoamizning mavsum oldi tashkil etilgan yig'inlar haqida fikr bildirdilar.

«Qo'qon-1912» rahbari Akramjon Mamadaliev jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov va uning jamoasiga ishonishlarini va yangi mavsumda ham muxlisbop o'yin ko'rsatishlarini tilab qoldilar.

Shuningdek, jamoamiz rahbari yangi futbolchilar haqida fikr bildirar ekanlar, yangi mavsumdan ulardan ko'ngli to'q ekanligini malum qildilar.

«Qo'qon-1912» rahbariyati Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonovga jamoamizning10-raqamli libosini sovg'a qildilar.

Keyin tarkibimizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish marosimi boshlandi.

Rustam Nartadjiev 1-raqam

Jasurbek Yoqubov 5-raqam

Alisher Salimov 6-raqam

Mirziyod Mirodilov 2-raqam

Shahzod Akramov 19-raqam

Muhammadanas Hasanov 22-raqam

Alisher Xayrullaev 17-raqam

Ahmed Kobena 71-raqam

Baxtiyor Qosimov 8-raqam

Jasurbek Xolto'raev 14-raqam

Ayyubxon Muxtorov 33-raqam

Keyin jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Haydarov so'zga chiqib, mavsumda olib borilgan ishlar, yangi mavsum oldidan rejalar haqida fikr bildirdilar. Ular yangi mavsum oldidan tayyorgarlik yaxshi olib borilganini malum qildilar. Yangi mavsum oldidan tayyorgarliklarni yaxshi olib borishda ko'mak bergan shahrimiz hokimi va jamoamiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o'tdilar.

Yangi mavsumda jamoa yaxshi natijalar erishish uchun maksimal harakat qilishlarini. Muxlislarni doim xursand qilish uchun o'ynashlarini takidladilar.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlar haqida fikr bildirar ekanlar, yangi mavsumda jamoadan ko'ngli to'q ekanligini. «Qo'qon-1912» yangi mavsumda hech kimdan hayiqmaydigan jamoa yig'ilganini takidladilar.

So'z yakunida jamoamiz bosh murabbiyi barchaga minnatdorchilik bildirib o'tdilar va yangi mavsumda birgalikda SUPERLIGAda yaxshi natijalarga erishishni maqsad qilganliklarini malum qildilar.

Muxlislar bo'lajak mavsumda jamoamiz bilan doim birga bo'lishlarini, jamoamizga yaxshi sharoitlar yaratib berayotgan shahrimiz hokimi Marufjon Azamovichga o'z minnatdorchiliklarini bildirib o'tishdi. Har qanday holatda ham muxlislar jamoamiz bilan birgalikda bo'lishlarini malum qilishdi.

Tadbir yakunida jamoamiz rahbari Akramjon Mamadaliev barchaga omad tiladilar

Shu tariqa, yangi mavsum oldidan tashkil etilgan tanishtiruv marosimi yakunlandi», — deyilgan xabarda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика