So’nggi yangiliklar

09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  0 09:40Қандай қилиб? МЮ футболчи сотмай туриб 28,4 миллион евро ишлади  1 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  1 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  2 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  13 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  9 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  88

"Qo'qon-1912" safarda 8ta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham bera oladimi? Yangiliklar

"Qo'qon-1912" safarda 8ta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham bera oladimi?

Bugun oliy liganing 26-tur bahslariga start beriladi. Bugun kun tartibidan bitta o'yin o'rin olgan va bunda "Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

"Lokomotiv" chempionlik sari dadil odimlamoqda va buni hech kim inkor eta olmaydi. Katta ehtimol bilan "temiryo'lchilar" bu mavsum ham bosh sovrinni o'zlarida saqlab qolishadi. Bugungi o'yin ham "Loko" uchun muhim ahamiyatga ega, chunki g'alaba maydon egalarini chempionlik sari yana bir qadam yaqinlashtiradi. 

Bu o'yin "Loko" uchun ikkinchi davra hisobidan o'z maydonidagi beshinchi uchrashuv bo'ladi. Jamoa avvalgi to'rtta bahsning ikkitasida zafar quchib, bir bor durang o'ynagan va bir marta yutqazib qo'ygan. "Lokomotiv" uyda "Navbahor" va "SHo'rtan"dan ustun kelgan, "Mashal" bilan durang o'ynagan bo'lsa, "Paxtakor"dan mag'lub bo'lgan. 

Bilasizmi? "Lokomotiv" ketma-ket oxirgi uch uchrashuvni g'alaba bilan yakunladi. Jamoa "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berganidan so'ng "Obod", "Navbahor" va "Qizilqum"dan ustun keldi. 

Fakt: "Lokomotiv" oxirgi ikkita uchrashuvda gol o'tkazgani yo'q, buning ustiga jamoa raqiblar darvozasiga to'rtta to'p kiritdi. 

"Qo'qon-1912" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa birinchi davrada ancha sermahsul o'yin namoyish etayotgandi. SHunday bo'ldiki, qo'qonliklar qatorasiga 11ta bellashuvda mag'lub bo'lishmadi. Ammo ikkinchi davrada jamoa unchalik o'zini ko'rsata olmayapti. "Qo'qon-1912" ikkinchi davrada 10ta uchrashuvda maydonga tushib, shundan to'rttasida g'alabaga erishdi. 

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" ikkinchi davradagi g'alabalarini uydagi o'yinlarda qo'lga kiritdi. Jamoa Qo'qonda "Obod", "Neftchi", "SHo'rtan" va "Navbahor" klublaridan ustun keldi.   

Fakt: "Qo'qon-1912" safar uchrashuvlarida so'nggi bor 8-turda g'alaba qozongan. O'shanda No'mon Hasanov shogirdlari G'uzorda "SHo'rtan"ni 3:2 hisobida mag'lub etib qaytishgandi. SHundan keyin jamoa safarda 8ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, boshqa g'alaba qozongani yo'q. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика