So’nggi yangiliklar

12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  5 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  3 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  3 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4

"Qo'qon-1912": Mavsum-2017 yakunlari: Qaysi oyda ko'p ochko olganmiz? Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Mavsum-2017 yakunlari: Qaysi oyda ko'p ochko olganmiz?

2017 yil ham sekin-asta o'z poyoniga etib bormoqda. Odatda bunday pallada yakuniga etayotgan yil sarhisob qilinadi.

Odatimizga ko'ra, bugun ham mavsum yakunlariga bag'ishlangan navbatdagi maqolamizni taqdim etamiz. Bu safarga malumotlarimiz ham sizlarga manzur bo'ladi, deb umid qilamiz.

Eng ko'p ochko olingan oy
Mart oyida start olgan O'zbekiston chempionati noyabr oyida yakunlanganidan xabaringiz bor. Bu yilgi mavsumda jamoamiz 41 ochkoni qo'lga kiritishdi. Qaysi oyda futbolchilarimiz ko'p ochko olishgani muxlislarimiz uchun qiziq bo'lsa kerak. “Qo'qon-1912” jamoasi uchun aprel oyi omadli bo'ldi. Bahor faslining ikkinchi oyida jamoamiz vakillari o'tkazilgan to'rtta o'yinda 10 ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

Eng kam ochko olingan oy
Futbolchilarimiz noyabr oyida eng kam ochkoni qo'lga kiritishdi. CHempionat finishidagi so'nggi to'rtta bahsda jamoamiz o'z hisobiga atigi bir ochko yozib qo'ydi, xolos.

Mag'lubiyatsiz oylar
Birinchi davrada “Qo'qon-1912” jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasi 11 o'yinga teng bo'ldi. 1-turda “Nasaf”ga yutqazib qo'ygan futbolchilarimiz, 13-turda “Bunyodkor”ga mag'lub bo'lishdi. Aprel va may oylarida No'mon Hasanov shogirdlarini engadigan jamoa topilmadi.

Qo'yida qaysi oyda necha ochko olganimiz va nechta gol kiritganimiz haqidagi malumot bilan tanishing:
Mart – 7 ochko,  5 ta gol
Aprel – 10 ochko, 9 ta gol
May – 6 ochko,  5 ta gol
Iyun – 4 ochko, 4 ta gol
Avgust – 6 ochko, 5 ta  gol
Sentyabr – 4 ochko, 6 ta gol
Oktyabr  - 3 ochko,  2 ta gol  
Noyabr – 1 ochko, 6 ta gol
Jami: 41 ochko, 42 ta gol

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика