So’nggi yangiliklar

08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  1 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  0 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8

"Qo'qon-1912": Mashg'ulotlar davom etmoqda (Foto) Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Mashg'ulotlar davom etmoqda (Foto)

Teglar :  Qo'qon-1912
"Qo'qon-1912" yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini faol tarzda davom ettirishmoqda.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Futbolchilarimiz kunning birinchi yarimida trenajyor zalida,  ikkinchi yarimida esa “Markaziy”  stadionida mashg'ulotlar olib borishmoqda.

Mashg'ulotlarda O'zbekiston (U-23) yoshlar terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turgan Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov, Avaz Mamatxo'jaev hamda Andre Sidorovlar ishtirok etishmayapti. SHuningdek, Nikita Ribkin jamoamiz bilan shartnomasi yakuniga etganligi bois yig'inga jalb qilinmagan. Jamoamiz rahbariyati hamda ko'psonli muxlislarimiz nomidan Nikita Ribkinga jamoamizdagi o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatida omad tilaymiz.

O'tgan mavsumni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida yakunlagan qo'qonlik darvozabon Muzaffar Abdullaev, “Neftchi” jamoasidan taklif qilingan posbon O'tkir Yusupov, shuningdek, o'tgan mavsumning ikkinchi yarimini  “Andijon”  jamoasida o'tkazgan Sobir Xamidovlar jamoamiz mashg'ulotlariga qo'shilgan.

Bosh murabbiyimiz No'mon Hasanov yoshlar tarkibimizda o'zini ko'rsatgan bir qator yosh futbolchilarimizni ham asosiy tarkib mashg'ulotlariga jalb etgan. O'rinbosarlarimizning o'tgan mavsumni 3-o'rinda yakunlashiga o'zining munosib hissalarini qo'shgan Islom Abdullaev, Iqbol Malikjonov, Doston Meliqo'ziev, Dilshod Baratov, Abror Rahmonov, Ibrohim Ahmadjonov, Ismoil Oxunjonov kabi bir qator yosh futbolchilarimiz bosh murabbiyimizning ishonchini oqlash uchun mashg'ulotlarda astoydil ter to'kishmoqda.

Quyida mashg'ulotlardan olingan suratlar bilan tanishing:

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика