So’nggi yangiliklar

15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  0 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  10 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  5

Qo'qon-1912 legioneri: Bu lahzani anchadan beri kutgandim Yangiliklar

Qo'qon-1912 legioneri: Bu lahzani anchadan beri kutgandim

Xorazmga qarshi uchrashuvda Superligada debyut uchrashuvini o'tkazgan Шota Gvazava Qo'qon-1912 matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

Birinchi navbatdagi kechagi uchrashuv haqida nimalar deya olasiz? Siz uchun Superligada debyut bo'ldi.

- Avvalambor barchani kechagi g'alaba bilan tabriklayman. Bu har tomonlama juda muhim o'yin bo'ldi va o'yindan oldin o'ylaganimizdek, oson o'yin bo'lmadi.

Murabbiylar shtabi ko'rsatmalariga amal qildik: raqib himoyasiga maksimal bosim o'tkazdik va o'yinni ko'proq qarshi hujumlar ustiga qurdik, bu esa natijaga tasir qildi va 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Debyutimga kelsak, men juda xursandman. Men bu lahzani anchadan beri kutgandim. Imkon qadar tezroq qaytishga va jamoamga yordam berish uchun ko'p mehnat qildim.

Murabbiylar shtabiga ishonchlari uchun rahmat aytaman. Men ishlashda davom etaman va o'yindan o'yinga optimal formaga kiraman deb o'ylayman.

Umuman olganda siz ikkita jamoa safida proligada o'ynadiingiz va bu yil Superligada. Birinchi o'yindan so'ng Superliganing darajasi haqida fikringiz.

- O'zbekistonga kelganimda maqsadim Superligaga chiqish edi va bunga erishganimdan juda xursandman. O'tgan yili «Qo'qon-1912» jamoasi haqli ravishda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritib, muxlislarimizni xursand qildik deb o'ylayman.

Superliganing saviyasi juda kuchli.

Bu erda o'yin tezligi yuqori, barcha jamoalarda sifatli o'yinchilar bor va o'yin natijasiga tasir qiladigan kichik xatolarga ham yo'l qo'ymaslik uchun koncentraciya juda yuqori bo'lishi kerak.

«Xorazm» bilan o'tgan mavsum Proligada to'qnash kelgandik. O'tgan mavsumdagi jamoadan hozirgisini qanday farqlari bor ekan?

- O'tgan mavsum bilan solishtirganda, «Xorazm» jamoasi ancha kuchaygani o'yinlaridan ham ko'rinib turibdi va ular bilan o'ynash hamma uchun juda qiyin bo'ladi.

Uzoq muddat jarohatdan davolandingiz? Hozirgi holatingiz qanday, umuman olganda hozir jarohat sizni bezovta qilmayaptimi?

- Ha, o'zimni yaxshi his qilyapman. Xudoga shukur, hammasi ortda qoldi. Har kuni yuqori formaga qaytish va jamoaga bu mavsumdagi maqsadlariga imkon qadar ko'proq erishishga yordam berish uchun juda qattiq mehnat qilyapman!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика