So’nggi yangiliklar

18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  10 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 18:20Суперлига. "Сурхон" – "Динамо" 0:2 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  4 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:00Суперлига. "Бухоро" — "Пахтакор" 0:4 (матнли трансляция)  18 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  4 15:20"Лидс" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  3 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  19 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  11 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4

"Qo'qon-1912": Kichik "lochinlar" dog'da qoldirildi FOTOMAQOLA Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Kichik "lochinlar" dog'da qoldirildi FOTOMAQOLA

Kecha “Qo'qon-1912” jamoasi o'rinbosarlari Yoshlar ligasi 9-turi maydonga tushib safardan ajoyib g'alaba bilan qaytishdi.
Vakillarimiz Namanganda “Navbahor”ni dog'da qoldirishga muvaffaq bo'lishdi.

Quyida ushbu o'yinga bag'ishlangan fotomaqola bilan tanishing:

photo_2016-05-14_05-26-10

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.

photo_2016-05-14_05-26-19

Uchrashuvni boshqarib borgan Ravshan Kapadze, jamoalarni maydoga boshlab chiqdi va sardorlar ishtirokida o'yinni kim boshlashini aniqlab olmoqda.

photo_2016-05-14_05-26-28

photo_2016-05-14_05-26-34

Duo bilan boshlangan ish xayrli yakun topadi.

photo_2016-05-14_05-26-59

Uchrashuvni vakillarimiz faol boshlashdi. Jalil Kimsanovning o'yin debyutida chalqancha uslubda bergan zarbasini “Navbahor” posboni arang qaytardi.

photo_2016-05-14_05-27-17

11-minut. Alisher Ziyaviddinovning mana shu to'p uzatishidan keyin hisob ochildi.

photo_2016-05-14_05-27-22

Doston Meliqo'zievdan aniq zarba va …

photo_2016-05-14_05-27-28

… to'p darvoza to'rida.

photo_2016-05-14_05-27-58

photo_2016-05-14_05-28-06

Dostonbek Meliqo'ziev jamoamizning iqtidorli yoshlaridan. U mavsumdagi dastlabki golini kiritganidan xursandmiz. Biz sendan yana gollar kutamiz Dostonbek!

photo_2016-05-14_05-28-25

photo_2016-05-14_05-28-30

photo_2016-05-14_05-28-38

Uchrashuvda barcha futbolchilar jon-jaxdlari bilan, har bir qarich maydon uchun astoydil kurash olib bordilar.

photo_2016-05-14_05-28-55

Oybek Rustamov yoshlar terma jamoasi safida yig'inda bo'lib qaytdi. Oybekdan umidimiz katta.

photo_2016-05-14_05-29-15

O'yindagi ikkinchi golni Alisher Ziyaviddinov kiritdi. Burchak zarbasidan so'ng futbolchimiz boshi bilan raqiblarimiz darvozasini ishqol qildi. Burchakdan to'pni Muhammadanas Xasanov oshirib bergan edi.

photo_2016-05-14_05-29-34

Gol zavqi….

photo_2016-05-14_05-29-42

Ushbu vaziyatda Jalil Kimsanov tepgan to'p Xasan Asqarovning qo'liga tekkan edi. Vaziyatga yaqin turgan qanot hakami esa bayroqchasini ko'tarishga jazm etolmadi.

photo_2016-05-14_05-30-08

photo_2016-05-14_05-30-13

Iqtidorli yarim himoyachimiz Muhammadanas Hasanov sekin-asta o'z o'yinini topib bormoqda. U kecha jamoamizning ikkita goliga assisentlik vazifasini bajardi.

photo_2016-05-14_05-30-36

photo_2016-05-14_05-30-43

Avazxon Mamatxo'jaev ajoyib harakatlari evaziga navbatdagi to'pni kiritdi.

photo_2016-05-14_05-30-48

Muhammadanas Hasanovdan to'pni qabul qilib olgan Avazxon Mamatxo'jaev ikki raqibni aldab o'tib, darvozaga aniq zarba yo'lladi va uchinchi golni Namanganliklar darvozasiga joylab qo'ydi.

photo_2016-05-14_05-31-08

photo_2016-05-14_05-31-14

Uchrashuv shiddatli kurashlarga boy tarzda o'tdi. Bosh hakam cho'ntagidan ikki bor qizil va bir necha bor sariq kartochkani olishga majbur bo'ldi.

photo_2016-05-14_05-31-35

photo_2016-05-14_05-31-41

Abror Raximov mavsumdagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. U bugun xarbiy xizmatga yo'l oladi.

photo_2016-05-14_05-31-59

G'alaba quvonchi. SHunday xursandchiliklar davomli bo'lsin yigitlar!

photo_2016-05-14_05-32-16

photo_2016-05-14_05-32-21

photo_2016-05-14_05-32-27

Bular esa To'raqo'rg'ondagi stadionga tashrif buyurgan muxlislar.\


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика