So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Superliganing 23-turida hakamlik tahlili: noto'g'ri chetlatish va belgilanmagan penalti Yangiliklar

Superliganing 23-turida hakamlik tahlili: noto'g'ri chetlatish va belgilanmagan penalti

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakami Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) Superliganing 23-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni ko'rib chiqdi.

"Andijon" - OKMK

Hakam to'g'ri qaror qabul qilib, "Andijon" darvozaboniga nisbatan qo'pollik ishlatilganini qayd etdi. OKMK hujumchisi qo'lida to'p bilan havoda turgan darvozabonga tegib ketdi. To'g'ri qaror - hujumda qoida buzilishi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Andijon" - OKMK

OKMK o'yinchisi to'pni darvozabondan o'tkazdi, shundan so'ng "Andijon" himoyachisi bilan minimal to'qnashuv yuz berdi, ammo bu hujumchi futbolchining keyingi harakatiga hech qanday tasir ko'rsatmadi. Fikrimizcha, hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qildi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor"

"Bunyodkor" himoyachisi to'pga o'ynamoqchi bo'lib, ehtiyotsizlik oqibatida xatoga yo'l qo'ydi. "Qo'qon-1912" hujumchisi to'pga birinchi etib bordi, himoyachi esa raqibining oyog'ini "tepib yubordi". Hakam murakkab vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi, chunki harakatda kim birinchi bo'lib to'pga tegayotganini ko'rish juda qiyin edi. Biroq VAR to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga chaqirdi. To'g'ri qaror - intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Paxtakor" - "Surxon"

Nazarimizda, hakam penalti belgilashda xatoga yo'l qo'ydi. "Surxon" jamoasi o'yinchisi to'p tomon emas, balki raqib tomonga oyog'ini qo'yib, to'qnashuv tashabbuskori bo'ldi. VAR tekshiruvidan so'ng o'yindan tashqari holat qayd etildi, chunki 7-raqamli futbolchi to'p uzatilgan paytda himoyachilarga nisbatan darvoza chizig'iga yaqinroq joylashgandi. To'g'ri qaror – erkin zarba belgilash.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Dinamo" - "Sho'rtan"

"Sho'rton" o'yinchisi zarbani to'sishga urindi, biroq "Dinamo" hujumchisi darvozaga zarba berganidan so'ng, u beparvolik bilan qoidani buzdi: yakkakurash oqibatlarini hisobga olmasdan, ortdan raqibining oyog'iga zarba berdi. To'g'ri qaror – 11 metrlik jarima zarbasi hamda qo'pol o'yin uchun sariq kartochka.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


"Mashal" - "Buxoro"

"Buxoro" jamoasi o'yinchisi poziciya uchun kurashayotganda qo'lini raqib oldiga chiqardi va tirsagi bilan raqibning yuziga tegib ketdi. Bunda atayin zarba berish yoki ortiqcha kuch ishlatish kuzatilmaydi. Bizningcha, bu vaziyatda hakam qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatib, jarima zarbasi belgilashi lozim edi. VAR tizimi esa noo'rin aralashgan. Hakam o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ydi.

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH


Shu tariqa, Superliganing 23-tur o'yinlarida hakamlar ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
04 okt 14:30:24
TOMJIQ_OLOT
Манипуляцияга берилмайлик, жамоамизни қўллайлик. Янги мураббийга адолатли баҳо бериш учун вақт керак. Холис ва мард бўлайлик азизлар! Миллий терма жамоа – ҳаммамизнинг жамоамиз, фақат ўз шахсий манфаатини ўйлайдиган чаласавод "журналистлар"нинг хусусий клуби эмас бу!
   
04 okt 14:10:57
TOMJIQ_OLOT
Сўнгги пайтларда миллий терма жамоамизга янги бош мураббий тайинлангани атрофида турли хил муносабатлар билдирилмоқда. Афсуски, айримлар олдинги мураббийга бўлган шахсий муносабатлари сабабли жамоатчиликда янги мураббийга нисбатан салбий кайфият уйғотишга уринишмоқда.

Бу – оддий танқид эмас, балки МАНИПУЛЯЦИЯ:
– фақат салбий жиҳатларни кўрсатиш;
– қиёслаш орқали янги мураббийни қадрсизлантириш;
– Ҳақиқий маълумотсиз шубҳа уйғотиш.

Биз бундай ёндашувларга берилмаслигимиз керак. Миллий жамоа – ҳаммамизнинг жамоамиз. Ҳар қандай мураббий ҳам аввало шу юрт шарафи учун меҳнат қилади.
   
04 okt 13:39:37
Guj Gik
Bu taxlilarni foydasi bormikin nima keragi bor
-1   
04 okt 14:25:59
salom salom
EXPERT TAHLII QOYILMAQOM TARZDA
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика