So’nggi yangiliklar

17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5

"Qo'qon-1912" ham yig'inni boshladi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" ham yig'inni boshladi

Oliy liga debyutanti kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikning ilk bosqichini boshladi.
Jamoa azolari tushlikdan so'ng Qo'qonda  yig'ildi. Aytish lozimki, futbolchilar ushbu yig'in davomida Dang'ara tumanidagi "Bovling" mehmonxonasida istiqomat qilishadigan bo'ldi.

Bosh murabbiy Rustam Abdullaev tatildan qaytgan futbolchilarga ortiqcha yuklama bermadi va birinchi kun mashg'uloti asosan yugurish bilan o'tkazildi. Yangi yilga qadar asosan tiklanish mashg'ulotlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, joriy mavsum qo'qonliklarning yoqimtoyiga aylanib ulgurgan Doniyor Usmonov hozircha tarkibga qaytmadi. 20 yoshli hujumchi huquqiy jihatdan Toshkentning "Lokomotiv" klubiga tegishli bo'lgani uchun ham uning kelgusi taqdiri hozircha so'roq ostida turibdi. Tarkibga yangi kelib qo'shilganlardan Izzat G'aniev va Sardor Qulmatovni aytish mumkin. Yakunlangan mavsumda "Neftchi" sharafini himoya qilgan ushbu futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda.

Selekciya jarayoni davom etadi. SHu bois yaqin kunlar davomida yangi nomlar paydo bo'lishi kutilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика