So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

“Qo'qon-1912” etakchilari kelgusi mavsumda ham jamoada qoladigan bo'lishdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” etakchilari kelgusi mavsumda ham jamoada qoladigan bo'lishdi

“Qo'qon-1912” jamoasining Qo'qon shahrida olib borayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari, murabbiylar shtabi tuzib chiqqan reja asosida davom etmoqda.

Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Mashg'ulotlarning birinchi qismi futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini oshirishga qaratilayotgan bo'lsa.ikkinchi qismda asosan to'p bilan ishlashga etibor qaratilmoqda.

“SHunqorlar”ning mashg'ulotlari “Ahmadxon sport majmuasi”ning suniy qoplamali maydonida olib borilyapti. Jamoa tarkibida hozircha o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Biroq murabbiylar superligada to'p surgan bir qator mahoratli futbolchilarni jamoaga taklif qilish borasida ishlarni olib borishmoqda. Kelgusi yilning yanvar oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan navbatdagi yig'in chog'ida bir qator yangi nomlar jamoa tarkibiga qo'shilishi kutilmoqda. SHuningdek o'rinbosarlar jamoasiga ham bir qator yosh futbolchilarni tarkibga qo'shish maqsadidagi ko'rik bo'layotganidan barchangizni xabaringiz bor.

“Qo'qon-1912” jamoasi bilan shartnomalarining muddati yakuniga etgan jamoaning etakchi futbolchilari, Murod Xolmuhammedov, Suhrob Berdiev hamda Quvondiq Ro'ziev kelgusi mavsumni ham “shunqorlar” tarkibida o'tkazadigan bo'lishdi. Futbolchilar hamda jamoa rahbariyati o'rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlandi.

Quyida kechagi kunning ikkinchi yarmida hamda bugungi kunning birinchi yarmida bo'lib o'tgan mashg'ulotlardan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика