O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida o'zgarish yuz berdi
01 sen 08:52
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 terma jamoasi safida o'zgarish yuz berdi
Belgiyaning “Antverpen” klubi sharafini himoya qilayotgan Muhammadali O'rinboev kecha “Vesterlo” jamoasiga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi.
O'yin yakunlangach, uning eski jarohati bezovta qilgani sabab, jamoaning tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislarining so'roviga binoan O'rinboevning tiklanish jarayonlari o'z klubida davom ettirilishi borasida qaror qabul qilindi.
Shu boisdan uning o'rniga “Olimpik Mobiuz” futbolchisi Muhammedali Reimov yig'inga jalb etildi.
Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoamiz 3–9-sentyabr kunlari U-23 Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi va Shri-Lanka, Qirg'iz Respublikasi hamda Falastinga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar