So’nggi yangiliklar

22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  4 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  0 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  9 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  61 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  297 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  5 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  7 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  5 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  5

“Qo'qon-1912” bayram tadbirini o'tkazdi Yangiliklar

“Qo'qon-1912” bayram tadbirini o'tkazdi

Teglar :  Qo'qon-1912
28 dekabr kuni Qo'qon shahrida “O'rda” restoranida “Qo'qon-1912” jamoasi 2015 yil yakunlari va yangi yil munosabati bilan bayram tadbirini o'tkazdi.

Tadbirda Qo'qon shahar hokimi Akramjon Abdullaev, Farg'ona viloyat Futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadze, klub rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, OAV vakillari, “Markaziy” o'yingoh xodimlari va muxlislar ishtirok etishdi.

Tadbirda taniqli so'z ustasi, aktyor Anvar Mirzo boshlovchilik qildi. Dastlab Qo'qon shahar hokimi Akramjon Abdullaev tadbirni ochib berish uchun so'zga chiqdi.

– Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar va futbolchilar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikayman, deb so'z boshladi Akramjon Anorqulovich. – Yakuniga etgan futbol mavsumi hayajonga boy bo'ldi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Futbol muxlisi sifatida shuni aytishim joizki, jamoamiz Oliy ligadagi birinchi mavsumini yomon o'tkazgani yo'q. Bazan g'alaba qozonildi, gohida mag'lubiyatga uchradik.

Qo'qonlik futbol muxlislari o'ta talabchan. SHuning uchun yangi mavumda jamoa oldiga 6-o'rinni olish vazifasini qo'yamiz. Buning uchun “Qo'qon-1912” jamoasida barcha imkoniyatlar mavjud. Yangi bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Murodjon Ismoilovga ham omad tilayman, dedi Akramjon Abdullaev.

Klub vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov o'tgan yilgi natijalar haqida qisqacha to'xtalib o'tgach, mavsum davomida “Qo'qon-1912” jamoasi sharafini munosib himoya qilgan futbolchilarga qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.



Aytgancha, OAV xodimlari ham shu kuni klub tomonidan taqdirlanishdi. Xususan, yil davomida klub bilan hamkorlik qilib kelgan O'zbekiston teleradiokompaniyasi “Sport” telekanalining Farg'ona viloyatidagi muxbiri Behzod Jo'raboev, “Futbol Ekspress” va “Futbol info” gazetasi tahririyatlariga klubning “Tashakkurnoma”si hamda qimmatbaho sovg'alar berildi. SHuningdek, 86 yoshli faxriy jurnalist Mo'ydinjon Yo'ldoshev ham klubning qimmatbaho sovg'asi bilan taqdirlandi. Farxiy jurnalistining “Qo'qon-1912” jamoasiga bag'ishlangan sheri yig'ilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

SHundan keyin so'z navbati Farg'ona viloyat Futbol futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Tohir Kapadzega berildi. Bir necha yil Qo'qonda faoliyat olib borgan taniqli mutaxassis barchani yangi yil bilan tabriklar ekan, qisqacha o'tgan yilgi natijalarni yodga olib o'tdi. SHuningdek, Tohir Kapadze yangi mavsum oldidan yangi murabbiy va “Qo'qon-1912” jamoasiga omad tiladi.

Tadbir davomida jamoa sardori Aziz To'xtaboev, muxlislar klubi nomidan Qahramonjon Isroilovlar so'z berildi.

Tadbirda yangragan diltortar qo'shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi. Bir so'z bilan aytganda, ushbu tadbir jamoa azolariga quvonch baxsh etdi.

SHu tariqa Qo'qon-1912 futbol klubi ortda qolgan mavsumni yuqori kayfiyatda tugatdi.

Aytgancha, endi futbolchilarga yangi yil munosabati bilan qisqacha tatil berildi. Ikkinchi yig'in 4 yanvar kuni Toshkentda boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика