So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  2 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

"Qo'qon-1912": Baxtiyorjon Tolipovni tabriklaymiz Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Baxtiyorjon Tolipovni tabriklaymiz

Teglar :  Qo'qon-1912
Bugun Qo'qon-1912 klubi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Adilovich Tolipovning tug'ilgan kuni.

Qo'qon futbolining fidoyi insonlaridan biri bugun o'zining 54 yoshini qarshi olmoqda.

SHu munosabat bilan “Qo'qon-1912” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Markaziy” stadion xodimlari, qo'qonlik minglab muxlislar nomidan u kishini chin yurakdan tabriklaymiz. Sihat-salomatlik, baxt va omad sizni hech qachon tark etmasin.

 Kishining havasi keladi…

“Qo'qon-1912” jamoasida tashkil etilgan ishlar ko'pchilikning havasini keltirmoqda. Harakatlar shu zaylda davom etsa, klub yaqin besh yil ichida mamlakatimizning etakchi klublaridan biriga aylanishi, shubhasiz. Bu yutuqlar zamirida barcha ishlarga bosh-qosh bo'lib turgan tashabbuskor inson, Qo'qon-1912 klubi vice-prezidenti Baxtiyorjon aka Tolipovning hissasi beqiyos. Bu kishining say-harakatlari evaziga “Qo'qon-1912” klubi bugungi darajasiga etdi. Lekin hali oldinda qilinadigan ishlar bir talay.

Besh yillik dastur

Qo'qon-1912 oliy ligaga chiqqanidan so'ng besh yilga mo'ljallangan rivojlanish dasturi tuzib chiqilgan. Eng avvalo klub infratuzilmasini rivojlantirish bosh maqsad qilib olingan. Bugungi kunda o'zini-o'zi mablag' bilan taminlab kelayotgan oliy ligadagi yagona klub aynan “Qo'qon-1912” jamoasi sanaladi. 2019 yilga borib jamoa Osiyo miqyosidagi turnirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

CHeksiz muhabbat

“Qo'qon-1912”ning oldingi salohiyatini tiklashga kirishgan Baxtiyorjon aka bugun o'zlarining 54 yoshlarini qarshi olishmoqda.

Futbolga bo'lgan cheksiz mehr tufayli bir necha yildan beri shu sohaning rivojlanishi uchun tinmay mehnat qilayotgan Baxtiyorjon akaning ezgu ishlarida omad tilab qolamiz. Zero, bunday fidoyi insonlar sabab O'zbekistonda futbol kun sayin rivoj topib bormoqda.

Yana bir bor tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin, Baxtiyorjon aka!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика