So’nggi yangiliklar

15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  0 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  17 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3

"Qizilqum"ga o'tish qarori, Xitoy klublaridagi bankrotlik va terma jamoa". Islom To'xtaxo'jaev bilan intervyu Yangiliklar

"Qizilqum"ga o'tish qarori, Xitoy klublaridagi bankrotlik va terma jamoa". Islom To'xtaxo'jaev bilan intervyu

"Qizilqum" jamoasi qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibini bir qator tajribali ijrochilar hisobiga kuchaytirmoqda.

Kuni kecha, O'zbekison milliy terma jamoasining etakchisi Islom To'xtaxo'jaev ham "Qizilqum" himoyachisiga aylandi. Biz esa bu borada futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- "Qizilqum"ga o'tish qay tariqa yuz berdi?

- "SHenyang Urban" bilan muammolar yuzaga kelgach oldimda kam vaqt qolgandi. O'zbekistonda ham tez orada transferlar oynasi yopiladi. "Qizilqum" bosh murabbiy Hamidjon Aktamov bilan muzokaralarimiz tezda hal bo'ldi. Jamoaga yordam berishga qaror qildim. 

- Qishki yig'inlar pallasida "Bunyodkor" safida mashg'ulotlarda ishtirok etib yurgan edingiz. Boshqa jamoalardan xususan, "Bunyodkor"ning o'zidan taklif tushdimi?

- Boshqa klublardan ham takliflar bo'ldi. Lekin, bir tomondan barcha jamoalar deyarli tarkibini shakllantirib ulgurdi. SHuning uchun o'ylab yakunda "Qizilqum"da to'xtaldim. 

- Navoiyliklarning chorlovi siz uchun ham kutilmagandek tuyuldimi?

- Bunday holatlar futbolda ko'p bo'lib turadi. SHunisi bilan ham qiziq.

- So'nggi paytlarda Xitoy klublarida bankrotlik va boshqa shunga o'xshash muammolar yuzaga kelmoqda. Sizningcha bu holat nima bilan bog'liq bo'lishi mumkin?

- Pandemiya o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Ko'p korxonalar, tashkilotlar to'liq ishlamadi. Menimcha shuning hisobiga, deb o'ylayman.

- "Qizilqum"ning qaysi jihatlari sizni o'ziga jalb qildi?

- Yangi maqsadlar, katta marralarni zabt etishni klub o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. SHu jihati qiziqtira oldi. 

- Terma jamoamizning so'nggi o'yinlaridagi muvaffaqiyatsizliklar ko'plab tanqidlarga sabab bo'ldi. Jamoaning ichidagi futbolchi sifatida hozirgi vaziyat haqida nima deya olasiz?

- Bu yig'inga jalb qilinganlarning ko'pi yoshlar. Ularda terma jamoa darajasidagi tajriba kam. Barcha bir-birini tushunib olishi uchun ham bunday yig'inlar juda ham kerak.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика