So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

"Qizilqum" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO+VIDEO Yangiliklar

"Qizilqum" yangi futbolchilarni tanishtirdi FOTO+VIDEO

Navoiyning "Qizilqum" klubi bugun Toshkentdagi "Rakat Plaza" mehmonxonasida jamoaga qo'shib olingan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Tadbir ikki qismdan iborat bo'ldi. Dastlab "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni OAV vakillariga tanishtirdi. Keyin esa futbolchilar "Qizilqum" liboslarini tantanali ravishda Hamidjon Aktamovdan qabul qilib olishdi.

Hamidjon Aktamov yangi mavsumda jamoa oldiga dastlabki bosqichda kuchli oltilikka kirish vazifasi qo'yilganini takidlab o'tdi.

SHundan so'ng "Qizilqum"ning yangi futbolchilari qisqacha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Andrey Sidorov (hujumchi): "Meni "Qizilqum"ga shaxsan Hamidjon Aktamov taklif qildilar. Jamoa juda ahil va inoq. qisqa fursat ichida ko'pchilik bilan do'stlashib ketdim. Yangi mavsumdan maqsadlarimiz yuqori. O'zimga keladigan bo'lsak, hali o'z ustimda ko'proq ishlashim kerak. O'ylaymanki, navoiylik muxlislar kutgan o'yinni namoyish etib, ularni qalbidan muqim joy olishga harakat qilaman".

Elguja Grigalashvili (hujumchi): "Men uchun "Qizilqum" jamoasidan tushgan taklif yangi chaqiruv. O'z kuchimni yangi chempionatda sinab ko'rish men uchun ham juda qiziq. Yangi jamoam bilan muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun bor kuchimni sarflashga tayyorman. CHempionat startini intiqlik bilan kutyapman".

Giorgi Kvesieshvili (himoyachi): "Men o'z uyimga qaytdim desab ham bo'ladi. CHunki bu jamoa sharafini avval ham himoya qilganman. "Qizilqum" bir oilaga aylangan. Bu erda barcha sharoit va muhit alo darajada. Umid qilamanki, yangi mavsumda o'z oldimizga qo'yilayotgan maqsadlarga erishamiz. Muhimi, ishqibozlarimiz kutgan o'yin va natijani qayd etish. O'z uyimga qaytganimdan benihoyat xursandman".

Muhsin Ubaydullaev (himoyachi): "Neftchi"dagi oxirgi mavsum men va jamoa uchun muvaffaqiyatsiz o'tdi. "Qizilqum"ga erkin agent sifatida keldim. Jamoa yangi mavsumda o'z oldiga katta maqsadlar qo'ymoqda. Aynan shu jihat ham meni "Qizilqum"ga o'tishimga turtki bo'ldi. Menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman".

Alisher Sanoev (yarim himoyachi) : "O'zim tug'ilib o'sgan shaharda o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritganimdan baxtiyorman. "Buxoro" bilan shartnomam yakunlaganidan keyin erkin agentga aylangandim. "Qizilqum"dan taklif tushganidan so'ng esa uzoq o'ylab o'tirmadim va uyimga qaytdim. O'z o'yinlarim bilan muxlislarni xursand etishga va jamoa g'alabalariga hissa qo'shishga intilaman".

Sergey Proxorov (himoyachi): "O'yin amaliyotisiz qolib ketayotganim tufayli "Loko"dan ketishga qaror qildim. "Qizilqum"ga ijara asosida keldim. Umid qilamanki, o'zimni futbolchilik sifatlarimni ushbu jamoa safida ko'rsatishga va muxlislarda iliq taassurot qoldirishga harakat qilaman".

Doniyor Usmonov (vinger): "Lokomotiv" bilan tuzgan shartnomam yakunlangani bois "Qizilqum" taklifini ikkilanmasdan qabul qildim. Yangi mavsumda maqsadlar yuqori. O'ylaymanki, muxlislarimizni xursand etish qo'limizdan keladi".

Nemanya Yovanovich (hujumchi) : "Bu jamoa safida 2016 yil o'ynagandim va o'shandayoq klubdagi muhit menga maqul kelgandi. SHu boisdan "Qizilqum"ga qaytish borasida ortiqcha o'ylab o'tirmadim va darxol taklifga labbay deb javob berdim. Yana ushbu jamoa libosini kiyish imkoniyati taqdim etilganidan xursandman. Gollarim bilan jamoa g'alabalariga munosib hissa qo'shishni maqsad qilganman".

Evgeniy CHeremesin (darvozabon): "Men yana O'zbekistonga qaytganimdan juda baxtiyorman. Menga Hamid Aktamov qo'ng'iroq qilganida taklifni bir soniya bo'lsada o'ylab o'tirmadim. Bu erga qaytish meni faqatgina xursand qildi. Avvalgi darajamdanda yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman. Qolganini esa chempionat o'yinlari ko'rsatib beradi. Jamoaga va o'zimga to'liq ishonaman. Yangi mavsumni esa intiqlik bilan kutyapmiz. Evgeniy CHeremesin chaqirib jamoa xatoga yo'l qo'ymaganini isbotlamoqchiman".


"Qizilqum"ning yangi futbolchilari tanlagan raqamlar:

Evgeniy CHeremesin: 77-raqam
Giorgi Kvesieshvili: 5-raqam
Nemanya Yovanovich: 84-raqam
Doniyor Usmonov: 11-raqam
Sergey Proxorov: 19-raqam
Muhsin Ubaydullaev: 21-raqam
Alisher Sanoev: 10-raqam
Andrey Sidorov: 70-raqam
Elguja Grigalashvili: 30-raqam

FOTOGALEREYA. "Qizilqum" yangi o'yinchilarni tanishtirdi

TAS-IX



TAS-IX emas


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика