"Qizilqum" U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yoziladi
03 mar 12:19
Yangiliklar
"Qizilqum" U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yoziladi
"27 fevral kuni Liga U-21 jamoasi to'p tepadigan maydonlarga befarq klublar masalasida material elon qilgan bo'lib, unda "Navbahor" U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozilishi, "Qizilqum" U-21 va "Xorazm" U-21 jamoalari esa o'z bellashuvlarini raqib maydonida o'tkazishi bayon qilingandi.
Keyinchalik "Surxon" klubi Ligaga rasmiy xat yo'llab, "Qizilqum" U-21 jamoasini 9 mart kuni Termizda qabul qila olmasligini malum qildi. Klub Termizga katta futbol qaytishi rejalashtirilayotgan Superliganing 2-turiga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lib, unga qadar o'z rejasini o'zgartirishni istamadi.
Shundan kelib chiqib, "Qizilqum" U-21 jamoasiga “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 5.5-bandi ikkinchi xatboshisi qo'llaniladi va mezbon sifatida unga texnik mag'lubiyat yoziladi.
Malumot uchun, U-21 jamoasi o'z o'yinlarini bemalol o'tkaza oladigan futbol maydonini tayyorlash va uni yil davomida parvarish qilish qanchaga tushishi, shuningdek, har qanday klubning xorijlik futbolchi yoki xorijiy yig'inlar uchun qancha mablag' sarflayotgani Ligaga malum. Biz klublarni o'z ishiga professional tarzda yondoshishga chaqiramiz", – deyiladi PFL xabarida.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar