“Qizilqum” gruziyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin
07 fev 2024 09:48
Yangiliklar
“Qizilqum” gruziyalik hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin
Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan “Qizilqum” jamoasi legioner hujumchi bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Gap gruziyalik Elguja Lobjanidze hujumchi haqida ketmoqda. So'nggi jamoasi Xitoyning "Xeylunczyan Ays Siti" bo'lgan 31 yoshli hujumchi faoliyati davomida 263 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasiga 57 ta gol urgan.
Elguja Xitoy klubidan tashqari faoliyati davomida “Dinamo” Batumi, “Orenburg”, “Taraz”, “Tobol” kabi jamoalarda ham harakat qilgan.
Elguja Gruziya terma jamoasida 2017 yilda debyut qilgan va 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar