So’nggi yangiliklar

01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  9 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  13 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  3 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  7 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  377 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0 22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  23 21:56Ислом Исмоилов: "Провокацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  38 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2

Superliga. To'rtta qizil, ikkita penalti belgilangan uchrashuvda Andijon so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Andijonliklar hakamning qarorlariga norozilik bildirib malum vaqt maydonga tushishni istashmadi! Yangiliklar

Superliga. To'rtta qizil, ikkita penalti belgilangan uchrashuvda Andijon so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Andijonliklar hakamning qarorlariga norozilik bildirib malum vaqt maydonga tushishni istashmadi!

Teglar :  QizilqumAndijon
"Qizilqum" hamda "Andijon" o'rtasida o'tkazilaigan Superliganing 11-tur o'yini yakunlandi.

"Qizilqum" – "Andijon" 3:3 

Gol: 3 - Akaki SHulaya, 42 - Elguja Lobjanidze (pen ), 44 - Rustam Turdimurodov, 78 - Rustam Turdimurodov (Bektemir Abdumannonov), 90+ - Akaki SHulaya (pen)

15 iyun. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 20:00

Bosh hakam: Sardor Ismatullaev 

Qanot hakamlari: Islom Azimov, SHerzod Azamov

Zaxira hakami: Nikita Mustafin

VAR: Aziz Asimov

AVAR: Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Feruz G'aniev

"Qizilqum": 12.Robert Ozols, 4.Ilhomjon Vahobov, 7.Davron Anvarov (27.SHohboz Jo'rabekov, 67), 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Elguja Lobjanidze (77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 67), 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G'iyosov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev, 23.Samandar SHukurillaev, 25.Azizbek Usmonov.

Zaxira: 1.Xumoyunshoh Sayyotov, 9.Xumoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 24.Abduholiq Tursunov, 37.SHerzod Fayziev, 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 79.Diyor Rahmatilloev.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmuratov ( 9.Levan Arveladze,70), 10.Ilhomjon Abdig'aniev, 13.Sardorbek Azimov (7.SHerzod Esanov, 70), 15.Vladimir Bubanya, 26.Muhammadkarim Toirov (99.SHahrom Samiev.70), 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijanov (14.Abdurahmon Komilov, 70), 71.Bektemir Abdumannonov (17.Farhodjon Sohibjonov, 79), 77.Rustam Turdimurodov.

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 19.Suhrob Berdiev, 21.Ildar Mamatkazin, 94.Armin Boshnyak, 

Ogohlantirish: 2 - Sardorbek Azimov, 73 - Abdulvohid G'ulomov, 83 - Abdurahmon Komilov, 90 - SHahrom Samiev

CHetlatish : 24 - Ilhomjon Abdig'aniev, 89 - Sardorbek Azimov, 90+ 12 - Aleksandr Xomyakov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Qarshida bo'lib o'tgan bahs Superliganing joriy mavsumdagi eng qiziq va shiddatli uchrashuvlardan biri bo'ldi

90+12. CHetlatish: Aleksandr Xomyakov ham hakam tomonidan chetlatildi

90+8. GOOOL. Arveladze hisobni tenglashtirmoqda, «Andijon» jamoasini hech kim hech qanaqasiga sindira olmadi

Hakam ikkinchi bo'limga 10 daqiqa qo'shib berdi

90+2. GOOOL. Akaki SHulaya hisobni o'zgartirdi

89. CHetlatish: Zaxiraga olingan Azimov hakamga gapirgani uchun chetlatildi

88. Andijonliklar maydonga tushishni istashmayapti. Ular bugungi hakamlikdan juda qattiq norozi bo'lishmoqda

87. Hakam penalti belgiladi

86. Hakamni VArga chaqirishdi. Mehmonlar darvozasiga penalti belgilanishi mumkin

83. Ogohlantirish: Komilov hakam tomonidan ogohlantirildi

81. O'zgarish: Vahobovning o'rniga Ubaydullaev tushdi

79. O'zgarish: Bektemirning o'rniga Sohibjonov maydonga tushdi

78. GOOOL. Turdimurodov haqiqiy hujumchilardek harakat qildi va o'z imkoniyatidan foydalandi. Bektermirdan navbatdagi assist

73. Ogohlantirish: Abdulvohid G'ulomov hakam tomonidan ogohlantirildi

72. Bektemir Abdumannonovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

71. Mezbonlarning sardorida ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi, biroq uning tezligi unga pand berdi

70. O'zgarish: Levan Arveladze, SHerzod Esanov, Abdurahmon Komilov va SHahrom Samiev maydonga tushdi, ular Ilhom Alijonov, Sardorbek Azimov, Muhammadkarim Toirov va Farxod Bekmurodovni alishtirishdi

68. Andijonliklar safida ham o'zgarish bo'ladi. Murabbiylar bir yo'lla to'rt nafar futbolchini alishtirmoqchi

67. O'zgarish: Fayzullobek Jumanqo'ziev va SHahboz Jo'rabekov maydonga tushmoqda. Ular Davron Anvarov va Elguja Lobjanidze

63. Giorgi Kuxianidze ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi



60. Vahobovdan super uzatma, biroq Elguja Lobjanidze to'pni to'xtata olmadi

58. Bubanya boshi bilan zarba yo'lladi, biroq to'pga aniqlik etishmadi

57. Ikkinchi bo'limda mehmonlar hujum qilishga intilmoqda, hozircha muvaffaqiyatsiz. Mezbonlar esa maksimal darajada to'pni egalashga intilishmoqda

53. SHulayaning uzatmasini Litovka qaytardi. Qaytgan to'pni esa mehmonlar himoyachisi jarima maydonchasidan chiqarib yubordi.

49. Akakining zarbasini Vladimir Bubanya qaytarmoqda. «Mezbonlar» ikkinchi bo'limni yaxshi boshlashdi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birincho bo'limga daqiqa qo'shib berdi

44. GOOOL. SUPER GOOOL! Rustam Turdimurodovdan Akakiga javob. Tur goliga navbatdagi davogar

43. AKAKI. Gruziyalik futbolchining zarbasi to'cinga tegmoqda. Agar ushbu zarba gol bilan yakunlanganda yana bir super gol guvohiga aylangan bo'lardik

42. GOOOL. Elguja Lobjanidze hisobni o'zgartirdi

Sardor Ismatullaev VAR bilan suhbat qurmoqda. Hakamning fikri o'zgarmadi va andijonliklar darvozasiga penalti qo'yildi

40. Hakam Vahobovga jarima maydonchasining ichida qo'pollik ishlatdi deb hisobladi va penalti qo'ydi

37. Bugungi uchrashuvda mayda va jiddiy qo'polliklar ko'payib ketmoqda. Hakam har bir vaziyatga xushtagini chalmoqda

32. Ogohlantirish: Mehmonlar bosh murabbiyi hakamning qarorlarini ochiqchasiga namoyon qildi va shu sababli ogohlantirildi

28. Akakini jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

26. G'iyosov uchrashuvdagi ikkinchi golni urdi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tardi



24. CHetlatish: Sardor Ismatullaev Ilhom Abdug'anievga qizil ko'rsatdi.  O'zi shundog'am qiyin ahvolda bo'lib turgan «Andijon» qolgan 70 daqiqani bir kishi kam bo'lib o'ynaydi

22. Mehmonlarning navbatdagi hujumi va yana hech kim bu to'pga etib kela olmadi

16. SHahzodbek Rahmatullaevning jarimadan uzatgan to'pini mehmonlar himoyasi qaytarmoqda

14. «Andijon» jamoasi futbolchilari bosh hakam bilan ko'p bahslashishmoqda. Hozircha yosh hakamning qarorlari mehmonlarga yoqmayapti

11. Goldan so'ng mehmonlarning hujumlar sonini ortmoqda. Abdumannonovning jarimadan uzatgan to'pi hech kimga tegmadi

3. GOOOL. Akaki SHulaya jarima zarbasidan super gol urmoqda. Tur goliga nomzod

2. Ogohlantirish: Sardorbek Azimov hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi

UCHRASHUV BOSHLANDI!


 

Tez tibbiy yordam ko'rsatish avtomobili maydonga keldi, endi uchrashuv boshlanishga barcha narsa tayyor

Tez tibbiy yordam mashinasi stadionga etib kelmagani sababli o'yin boshlanishi biroz kechikmoqda

Reyting: -50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика