So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  162 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  11 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  2 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Qirg'izistonning "Lider-Akademiya" jamoasida o'ynayotgan legionerlarimiz haqida bilasizmi? Yangiliklar

Qirg'izistonning "Lider-Akademiya" jamoasida o'ynayotgan legionerlarimiz haqida bilasizmi?

O'tgan mavsumni "G'ijduvon" jamoasida o'ynagan darvozabon Iskandar Mo'minov hamda "Lokomotiv-BFK"dagi o'yinlari bilan tanilgan hujumchi Arslon Sultonov ayni damda Qirg'iziston chempionatining "Lider-Akademiya" (Issiq-ko'l) jamoasi safida harakat qilishmoqda.

Saytimiz muxbiri mazkur futbolchilar bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdi.

Iskandar Mo'minov, darvozabon: - Hozirgi kunda Qirg'iziston chempionatining "Lider-Akademiya" jamoasida o'ynamoqdaman. Klub rahbariyati tomonidan jamoaga taklif etilganimda, ochig'i qaror qabul qilishda bir oz ikkilandim. Lekin endi hammasi yaxshi, jamoaning asosiy darvozaboni sifatida uchrashuvlarda ishtirok etayapman. Jamoada bizga yaratib berilgan sharoitlar yaxshi, oylik maoshlar vaqtida to'lab berilmoqda. "Lider-Akademiya" jamoasi Qirg'iziston chempionatida ishtirok etadi. Klub infratuzilmasi yaxshi shakllantirilgan, mashg'ulotlar bazasi va maydonlar xolati alo darajada deb aytish mumkin.

Ayni vaqtda bizda ikkinchi davra uchrashuvlari boshlandi. Jamoamizni Rossiyalik murabbiy Viktor Demidov boshqarmoqda.Nasib qilsa, astoydil harakat qilib, jamoani yuqori o'rinlarni egallashiga o'z hissammizni qo'shmoqchimiz.

Arslon Sultonov, hujumchi: - Yaqinda Qirg'iziston chempionatida ishtirok etuvchi "Lider-Akademiya" jamoasiga ko'chib o'tdim. Klub rahbariyati tomonidan meni jamoaga taklif qilishdi, shartnoma shartlari bo'yicha kelishib oldik. Klubda yaratilgan sharoitlar yaxshi, mashg'ulot o'tkazish uchun alohida maydonlar bor. Jamoa bosh murabbiyi Viktor Demidov hisoblanadi. Klub rahbariyati tomonidan jamoaga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdim. Jamoaning asosiy maqsadi, bu mavsumda jamoani to'liq shakllantirishdan iborat.

Malumot uchun, "Lider-Akademiya" jamoasi ayni damda Qirg'iziston chempionati musobaqa jadvalida so'ngi o'rinni egallab turibdi.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика