So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  2 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  2 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  35 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi va sardori Qatar ustidan qozonilgan sensacion g'alabadan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi va sardori Qatar ustidan qozonilgan sensacion g'alabadan so'ng nimalar dedi?

Qirg'iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin va sardori Valeriy Kichin Qatar (3:1)ga qarshi JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi o'yindan so'ng o'z matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim Lisicin — futbol bo'yicha Qirg'iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi:

— Yigitlarga katta rahmat! Kecha matbuot anjumanida bu butun jamoaning katta ishi ekanligini aytgandim. Bugun hammasi rejamiz bo'yicha ketayotgan edi. Ha, standartlarda, burchak to'plarida biroz ishlanmadi, lekin umuman olganda, o'z rejamizdan chetga chiqmadik, raqibda chetlatish bo'lganida qayta saflandik va o'yinni g'alabagacha muvaffaqiyatli olib bora oldik! Raqibning kuchi haqida gapirmasa ham bo'ladi deb o'ylayman, ammo yigitlarimiz bugun yaxshiroq edi.

G'alaba jamoaga ishonish kerakligini yana bir bor tasdiqlaydi. Ha, biz bu bosqichda bir qator o'yinlarda natijaga erisha olmadik, ammo raqiblarimizning darajasini tushundik, qo'llarimizni tushirmadik va oldinga intildik. Yigitlarga bizni qo'llab-quvvatlaganlari va nima xohlayotganimizni tushunishga yordam berganlari uchun rahmat. Shuning uchun hisob biz uchun hayratlanarli bo'lmadi. Albatta, raqibning maydondan chetlatilgani bizga qo'l keldi, ular bir kishi kam bo'lib qolishdi va bu bizga qayta saflanish, raqib himoyasiga ko'proq bosim o'tkazish va o'z imkoniyatimizdan foydalanish imkonini berdi.


Valeriy Kichin — Qirg'iziston milliy terma jamoasi sardori va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi:

— Ishtirok etgan har bir kishiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz oson ish qilmadik! Birinchi o'yindan keyin ham bo'sh kelmay, ikki karra Osiyo chempioni bilan munosib o'yin ko'rsatdik. Biz hisobda ham, o'yinda ham yaxshiroq edik va shunday. Lekin o'yin, albatta, og'ir kechdi, busiz bo'lmasdi. Tayyorgarlik ko'rganimizdan juda xursandman, matbuot anjumanida aytganimdek, bugun biz 100 foiz tayyormizmi yoki yo'qligini tushunamiz. Bugun biz 200% tayyor edik, shuning uchun hammaga rahmat.

Har bir o'yinda yaxshilanib boryapmiz, tajriba orttiryapmiz, yigitlar o'sha o'yinlarni, g'alaba yoki mag'lubiyatni tahlil qilib, xulosa chiqarishayotgani yaxshi. Biz o'z o'yinimizni, ayniqsa, ruhiy jihatdan yaxshilamoqdamiz. Ushbu raund yosh yigitlar tajriba orttirib, o'sib borayotganini ko'rsatadi. Bunday o'yinlar haqiqatan ham o'sishimizga yordam beradi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика