So’nggi yangiliklar

18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  0 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1

"Qirg'iziston kabi jamoalarga qarshi 5 himoyachi bilan o'ynash kerak emas deb hisoblayman" - Jaloliddin Masharipov Yangiliklar

"Qirg'iziston kabi jamoalarga qarshi 5 himoyachi bilan o'ynash kerak emas deb hisoblayman" - Jaloliddin Masharipov

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov 90minutuz podkasti mehmoni bo'ldi.

Podkast davomida Masharipov bir qator savollarga javob berdi.

"Qirg'iziston bilan sariq kartochka olgan vaziyatda Shomurodov to'pni menga qoldirishini sezdimva to'pni olib o'tamanda, uning oyog'iga urilaman deb reja qildim. To'pni olib o'tdim, miyamda yiqilish bor edi, ammo raqib oyog'ini cho'zmadida. Hakamga to'xta deyishga ham ulgurmadim. Ichimdan nima o'tganini o'zim bilaman.  

O'yindan oldin kiyim almashtirish xonasida ham yigitlar bilan gaplashgandik. Hisob 5:0 bo'ladimi, 1:0 bo'ladimi 3 ochko olsak bo'ldi dedik. O'yinda kim gol urishi, eng yaxshi bo'lishining farqi yo'q Jahon chempionatiga chiqsak bo'lgani deb kelishdik. Qirg'izistonni hurmat qilib maydonga tushgandik, ko'p vaziyatlar yaratdik, shunchaki foydalana olmadik.

Katanec bizga bir narsani o'rgatib ketdi: Himoyada yaxshi o'ynab gol o'tkazmasak, hujumda kamida 1 ta gol ura olamiz. To'g'ri muxlislarga ko'p gol urilsa yoqadi. Agar 5:0 yutganimizda bu Qirg'iziston edi deyishardi, Eron bilan ko'ramiz deyishardi.

86-daqiqada almashtirildim va zaxirada o'tirganimda Hojimat yaxshiyam ular qizil olishdi dedi. Kim qizil oldi dedim? Penaltida qizil berdiku dedi. O'sha vaziyatni oyog'imni ushlab yotib qolgandim va ko'rmadim. O'yin tugaganidan keyin Eldorga raqib 10 kishi qoganakan disam yo'g'e dedi. Tanaffus vaqtida qizil kartochka haqida gap bo'lmadida. Agar qizil kartochkani ko'rganimizda biroz bo'shashardik, biroz erkinroq o'ynardik. Agar Qirg'iziston 10 kishi bo'lganini bilganimda Timur akaga bitta himoyachini olib hujumga futbolchi tushiring derdim.  

Qirg'iziston kabi jamoalarga qarshi 5 himoyachi bilan o'ynash kerak emas deb hisoblayman. Eronga qarshi 5 himoyachi bilan o'ynasak to'g'ri. Terma jamoaga qarab taktikani o'zgartirish kerak deb o'ylayman.

Terma jamoani tark etganimdan keyin 10-raqamni menimcha Abbos olsa kerak. Har taraflama mos keladi", - dedi Jaloliddin Masharipov.

Quyida podkastni to'liq tomosha qilish mumkin:

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика