Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi: "Ertaga top-futbolchilardan iborat Eronga qarshi maydonga tushamiz"
18 noy 16:30
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi: "Ertaga top-futbolchilardan iborat Eronga qarshi maydonga tushamiz"
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin va futbolchi Alimordon SHukurov Eronga qarshi ertangi bahs oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Xabaringiz bor, safarda qiyin va yakunda omadsiz o'yin o'tkazdik. SHunday ekan, bizning asosiy vazifamiz yigitlarni jismonan tiklashdan tashqari, ularning ruhiyati ustida ishlash va ertangi o'ta og'ir o'yinga tayyorlash edi. Ertaga biz top-futbolchilardan iborat kuchli terma jamoaga qarshi maydonga tushamiz. Umid qilamanki, futbolchilarimiz ertangi bahsga tayyor!", – dedi Lisicin.
"Bunday mag'lubiyatli oldingi o'yindan so'ng o'zimizga kelishimiz qiyin bo'lishi aniq, bu hayot, bu sport, shunaqasi ham bo'lib turarkan. Biz muxlislarni shod etish uchun uyda yaxshi o'yin ko'rsatishimiz kerak", – dedi SHukurov.
JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi Qirg'iz Respublikasi – Eron bahsi ertaga 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar