Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi: "Bugungi mag'lubiyatimizga asosiy sabab - himoyadagi ishonchsiz o'yinimiz"
17 jan 2024 02:47
Yangiliklar
Qirg'iz Respublikasi termasi bosh murabbiyi: "Bugungi mag'lubiyatimizga asosiy sabab - himoyadagi ishonchsiz o'yinimiz"
"Terma jamoamiz uchun qiyin o'yin bo'ldi. Bu o'yindan ko'p narsa kutgandik, ammo tahminlarimiz o'zini oqlamadi. Tailand biz bilan bir xil tempda o'ynashini kutgandik, shunday ham bo'ldi. Hali qilinishi kerak bo'lgan ishlarimiz ko'p ekaniga amin bo'ldik.
Jarima maydoni ichida xushyorlikni hech qachon yo'qotish kerak emas. Bugungi mag'lubiyatning asosiy sababi himoyadagi betartib o'yin bo'ldi. Maydon markazida esa yomon harakat qilmagandik. O'yinimizni jiddiy tahlil qilmasak bo'lmaydi.
Raqib hamda o'z jarima maydonimizda to'g'ri qaror qabul qilishni o'rganishimiz kerak. Yigitlar bilan o'yinni jiddiy analiz qilamiz.
Turnir biz uchun endigina boshlandi. Oldinda ikkita jiddiy o'yin bor. Raqiblar ham shunga yarasha - O'mon va Saudiya Arabistoni", - deydi Stefan Tarkovich.

|
Thailand Supachai Chaided - 26', Supachai Chaided - 48' |
Asian Cup Grp. F . 1-tur 16/01/2024, 19:30 0
:
2
Tugadi
|
Kyrgyzstan |
Stadion: Abdullah bin Khalifa Stadium, 4530 tomoshabin
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar