So’nggi yangiliklar

21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  5 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  29 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  9 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  45

"Qaysidir manoda balki barhayotdirman". Yoxan Kruiffdan yana 11ta ajoyib iqtibos Yangiliklar

"Qaysidir manoda balki barhayotdirman". Yoxan Kruiffdan yana 11ta ajoyib iqtibos

Kecha gollandiyalik sobiq futbolchi Yoxan Kruiffning saratondan vafot etgani haqida sovuq xabar tarqaldi.

Uning xayoti haqida va bir qancha ajoyib iqtiboslari haqida saytimizda bugun kunduzi maqola ham chop etildi.

Hozir gollandiyalik sobiq futbolchi tomonidan aytilgan yana 11 ta ajoyib iqtibosni siz azizlar bilan ulashmoqchimiz.


"Futbol o'ynash oddiy holat, lekin oddiy futbol namoyish etish juda qiyin"



"O'yinda bittagina to'p bo'ladi va u aynan sizda bo'lishi lozim"

"Yaxshi natija bo'lmasa sifatli o'yindan foyda yo'q. Natija yaxshi bo'lsayu, sifatsiz bo'lsa - bu zerikarli"

"Agar men haqiqatdan ham yaxshiroq tushunishingni istaganimda, buni yaxshiroq tushuntirardim"



"Nega klubingizdan boyroq jamoani yutib bo'lmaydi? Bir qop pul gol urganini ko'rmaganman"

"Har bir kamchilikning o'ziga yarasha ustunligi bor"

"Agar men kimdandir avval yugurishni boshlasam, bu mening tezroq bo'lishimni bildiradi"



"To'p bilan ming marta "jonglyor" qilish bu texnika emas. Bunga ketma-ket mashg'ulotlar davomida ham erishish mumkin. Keyin esa cirkda bemalol chiqish qilsa ham bo'ladi"

"Agar g'alaba qozona olmasang, yutqazmaslik uchun qo'lingdan kelgan barcha ishni qil"

"Biz shunday qilishimiz kerakki, to'p ularning yomon futbolchilariga borib tushsin. SHunda yana tezda uni o'zimizga qaytib olishimiz mumkin"

Nihoyat ushbu materialdagi so'nggi iqtibos: "Qaysidir manoda balki barhayotdirman"

Sobiq futbolchi endi oramizda yo'q. U afsonaga aylandi! Lekin, uning ajoyib o'yinlari, yutuqlari futbol tarixida qolgan. Buni xech kim o'zgartira olmaydi. Alvido, Kruiff!

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика