So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Qashqadaryodan muxbirimiz xabar qiladi, bugun Qarshida "jang" bo'ladi Yangiliklar

Qashqadaryodan muxbirimiz xabar qiladi, bugun Qarshida "jang" bo'ladi

Bugun bo'lib o'tadigan "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvini butun O'zbekiston kutmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. CHunki bugungi bahs oliy ligada ikkinchi o'rin masalasini hamda Osiyo chempionlar ligasiga beriladigan yo'llanma taqdirini hal qiladi.


Xabaringiz bor, ayni paytda saytimizning uch nafar xodimi Qarshi shahrida ijodiy safar bilan bo'lib turibdi. Kecha ikkala jamoa ham o'yinoldi yakuniy mashg'ulotini o'tkazdi. Muxbirimiz SHahboz Beg'amovning aytishicha, jamoalar o'yinga tayyor va bugun Qarshida "jang" kechishi kutilmoqda. Aslida shunday bo'lishi ham kerak, axir o'rtaga OCHL yo'llanmasi tikilgan.

Bu o'yinda hech bir jamoani durang qoniqtirmaydi, ikkala klub ham g'alaba uchun maydonga tushadi. Xususan "Nasaf" uchun bugungi bellashuv alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki jamoa o'z tarixida ikkinchi bor kumush medallarga ega chiqishga juda yaqin turibdi. O'z navbatida "Paxtakor" uchun ham bu oddiy o'yin emas. Agar jamoa SHota Arveladze qo'l ostida OCHLga yo'l ola bilmasa, keyinchalik ko'plab tanqidiy fikrlar ostida qolib ketishi mumkin.

Xullas, ikkala jamoa ham bugungi to'qnashuvga tayyor. Biz esa ham "Nasaf", ham "Paxtakor"dan chiroyli, shiddatli, shu bilan birga mazmunli o'yin kutib qolamiz. Ayni paytda Qarshida bo'lib turgan futbol ixlosmandlarini soat 14:00da boshlanadigan muhim bellashuvga chorlaymiz.  Stadionga bora olmaydiganlar esa mazkur bahsni "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri kuzatish imkoniyatiga egalar.

Yakunda ikkinchi o'rinni kim olmasin, biz bugun faqat chiroyli o'yin kutib qolamiz. O'ylaymizki, hakamlar ham o'yinni adolatli tarzda boshqarib, o'z shanilariga dog' tushirishmaydi. Uchrashuv boshlanishiga sanoqli soatlar qolmoqda, kelinglar hammamiz shiddatli futbol guvohiga aylanaylik.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика