Qarshiga chempionlik qaytadimi?
29 sen 2022 03:50
Yangiliklar
2022 yilda amaldagi chempionning ishlari o'xshamayotgan bo'lsa, "Bunyodkor-W" hozircha 2-pog'onada turibdi. "Sevinch" esa 3 yillik tanaffusdan keyin yana taxtga qaytmoqchi. Quyida shu haqda...
"So'g'diyona-W" kurashdan chiqdimi?
O'tgan mavsum oxirida "Oltin dubl" qayd etgan Jizzax klubi ayni paytda musobaqa peshqadamidan 7 ochko ortda qolyapti. Bu farq so'nggi 4 turda yo'qotilgan 6 ball tufayli kattalashib ketdi.

Jamoa mavsum yakunida 1-o'rinda bo'lmasligini yil avvalida ham taxmin qilish mumkin edi. CHunki "So'g'yodiyona-W" etakchilarining raqobatchi klublar safiga borib qo'shilishi "bo'rilar" rahbariyati joriy mavsumga jiddiy qaramayotgani to'g'risida tasavvur paydo qildi.

SHerali Boboqulov shogirdlaridan chempionlikni saqlab qolish uchun keyin 5 o'yinda 7 ochkolik farqni yo'qqa chiqarish talab qilinadi.
"Qaldirg'ochlar" bo'sh kelmayapti
"Bunyodkor" qizlarining hozirgi holatiga jamoa yigitlari havas bilan qarasa, arziydi. Ammo kumush medallar Elmira Gulyamovani qoniqtirmasligi aniq. Uning shogirdlari kecha "Metallurg-W" darvozasiga javobsiz 11ta to'p kiritishdi.

"Bunyodkor-W" chempion bo'lishni istasa, qolgan o'yinlarning barchasini yutadi yoki Qarshi klubining qoqilishini kutadi.
Rekord yangilanadimi?
"Sevinch" esa, nihoyat, uyg'ondi. Yil boshida "Nasaf"ga qo'shib yuborilgan jamoa qizlari 11-turdan beri musobaqa karvonboshisi bo'lib turibdi. Qashqadaryolik qizlar nafaqat ochko to'plash, balki goleadorlik borasida ham boshqa hamkasblariga o'rnak bo'lishyapti: 17 o'yinda 107 ta gol.

"Sevinch" tarixida faqat 2 bor bundan yaxshiroq natija qayd etilgan: 2018 yil — 148, 2019 yil — 132 gol. Demak, bu yil ayollar futbolidagi eng sovrindor jamomizning sermahsullik borasidagi shaxsiy rekordi yangilanishi mumkin.
"Navbahor-W"da pasayish
O'tgan mavsumni jadvalning 2-qismida etakchi sifatida yakunlagan namanganlik qizlar bu yil eng yomon natijani qayd etishyapti. Jamoa 17 o'yinda to'plagan 1 ochkosi bilan Oliy ligada mutlaq autsayder bo'lib turibdi. O'z darvozasidan naq 91ta to'p o'tkazib yuborgan "lochinlar" raqib posbonlarini atigi 4 marta ranjitishdi. Bu ketishda "Navbahor" qizlari kelasi mavsumni Birinchi ligada boshlashi hech gap emas.

To'purarlar poygasi
Bu boradagi kurash 2 kishi o'rtasida kechmoqda. "So'g'diyona-W" forvardi Diyoraxon Habibullaev hozircha chempionatning eng yaxshi snayperi bo'lib turibdi (31). Uni 29 ta gol bilan Nilufar Qudratova ("Sevinch") taqib qilib kelyapti.

MUSOBAQA JADVALI

Xullas, Oliy ligada shunaqa gaplar. "Sevinch" 3 yillik tanaffusdan keyin Qashqadaryoga chempionlik ruhini qaytarishi mumkin. Ayni paytda "Nasaf" ham Superligada karvonboshilik qilyapti. Sizningcha, oltin medallar uchun qaysi jamoaning imkoniyati yuqoriroq?
Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar