So’nggi yangiliklar

10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  0 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  1 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  9 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  7 08:28Превью. "Навбаҳор" биринчи даврадаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш оладими?  12 07:57Суперлига. Бугун бизни ажойиб ўйинлар кутиб турибди  5 07:30Расман. "Ал Насср" яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олди  10 07:05Суперлига. "Пахтакор" "Сўғдиёна" жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди, Алижонов эса шедевр гол урди  0 02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  6 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  34 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  5 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  8

“Qariya” – Qoraqalpog'iston Respublikasi chempioni Yangiliklar

“Qariya” – Qoraqalpog'iston Respublikasi chempioni

Nukus shahrida havaskor jamoalar va sport klublari o'rtasida mini futbol bo'yicha XII Qoraqalpog'iston Respublikasi chempionati bo'lib o'tdi.

Qoraqalpog'iston mini futbol associaciyasi tasarrufida o'tkazilgan mazkur musobaqada 20 ta jamoa ikki bosqichda g'oliblik uchun o'zaro bahs yuritdi. Dastlabki bosqich o'yinlari to'rt guruhda davraviy tizimda olib borildi. Yakuniy natijalarga ko'ra, har bir guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar 1-8 o'rinlar uchun uchrashuvlarni davom ettirdi. Guruhda uchinchi o'rinni egallagan jamoalar 9-12, to'rtinchi o'rindan joy olganlari 13-16 va beshinchi o'rin sohiblari 17-20 o'rinlar uchun maydonga tushdi.

CHempionatning yarim finalida “Inkassator”(Nukus shahri) jamoasi NSK(Nukus sport kolleji) ni 3:0, “Qariya” faxriylar futbol klubi jamoasi RSHIF(Respublika futbol maktab-internati)ni 2:1 hisobida engib, finalga chiqdi. Natijada, 3-4 o'rinlar uchun RSHIFva NSK jamoalari kuch chinashdi. Unda RSHIF jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

“Qariya” va “Inkassator” jamoalari o'rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvning asosiy vaqtida g'olib aniqlanmadi, 3:0. Penaltilar bo'yicha “Qariya”lar 2:1 hisobida zafar quchib, chempionlik nashidasini surishdi.

O'z navbatida Ulug'bek Yangiboev( “Eng yaxshi darvozaboni”, “Inkassator”), Marat Auezniyazov( “Eng yaxshi o'yinchi”, RSHIF) va Temur Qulametov(“Eng yaxshi to'purar, 14 ta to'p, “Qariya” FK)lar chempionatning eng yaxshilari deb topildi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика