So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  6 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  18 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  409 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  2 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Qadamboy Nurmetov: “O'z o'yinimizni ko'rsata olsak qolgan uchrashuvlarda qiynalmaymiz” Yangiliklar

Qadamboy Nurmetov: “O'z o'yinimizni ko'rsata olsak qolgan uchrashuvlarda qiynalmaymiz”

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi turkmanistonlik mutaxassis Tachmurod Agamurodov boshchiligida mashg'ulotlarni boshlaganidan xabaringiz bor.

Kecha “Mashal”ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvidan so'ng jamoa hujumchisi Qadamboy Nurmetovning fikrlariga quloq tutdik.

“Albatta, boshida mashg'ulotlarga kirishib olish qiyin bo'ldi. Uy sharoitidagi va jamoaviy mashg'ulot o'rtasida tafovut katta. SHunga qaramasdan ikki barobar ko'proq ter to'kmoqdamiz. Superliga boshlanguniga qadar optimal sport formasiga kirib olishga intilamiz. Tachmurod Agamurodov bilan yana bir bor birga ishlash nasib qilganidan xursandman. O'tgan mavsum Samarqandda birga ishlagan edik, uslub va talabalaridan xabarim bor. Endi “Dinamo” haqida gapiradigan bo'lsam, o'sha payt bizga vaqt etmadi, murabbiyning uslubini tushunib olganimizda kech bo'lgandi. SHunda ham oxirgacha elitada qolish imkoniyatni saqlab qola oldik. Hozir Tachmurod SHamakovichda ham, bizda ham vaqt etarli. O'ylab qo'ygan rejalarimizga bosqichma-bosqich erishishga harakat qilamiz. Taqvim haqida nima deya olaman? Oson bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi. Agarda o'z o'yinimizni to'g'ri yo'lga qo'yib olsak, oldinda kutib turgan uchrashuvlarda qiynalmaymiz. AGMK jamoasini hurmat qilamiz va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”,- deydi iqtidorli hujumchi.

Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, o'tgan mavsumni Samarqandning “Dinamo” jamoasida o'tkazgan Qadamboy Nurmetov 25ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasini esa 5 bor ishg'ol qildi. SHuningdek hakamlar tomonidan ikki marta sariq va bir marta qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика