"Pul hozir muhimmas, o'z darajamni maydonda ko'rsataman. Qarorni esa Motta qabul qilaversin"
17 okt 2024 14:03
Yangiliklar
"Pul hozir muhimmas, o'z darajamni maydonda ko'rsataman. Qarorni esa Motta qabul qilaversin"
Xabaringiz bor, avvaliga 4 yilga diskvalifikaciya qilingan sportchi jazo muddati 18 oygacha qisqartirildi. Natijada, kelayotgan bahordayoq Pol maydonga qaytishi mumkin bo'ladi.
Avvalroq, "Yuventus" va Pogba xayrlashishga yaqinligi aytilgandi.
"Men hali u bilan [Tiago Motta] gaplashishga ulgurmadim, ammo bu amalga oshadi. Men olg'a qadam tashlash va "Yuve" sharafini himoya qilishni niyat qilganman. Ayni damda "Yuventus" futbolchisiman, shunday ekan boshqa narsa haqida o'ylamayapman.
Men darajamni maydonda ko'rsataman, keyin esa Tiago Mottaning o'zi ko'rganlaridan xulosa chiqarar. Gapirish oson, biroq men "Yuve" safida o'ynashni va Franciyaning eng yaxshi futbolchisi bo'lishni istayman.
Buning uchun puldan voz kechishga tayyorman, ular hozir muhim emas. Qaytishni istayman", – dedi Pogba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar