PSJ sobiq futbolchisi Kipr chempionatiga o'tadi
27 sen 2024 12:36
Yangiliklar
PSJ sobiq futbolchisi Kipr chempionatiga o'tadi
PSJ va Polsha terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak Kiprning "Anorthosis Famagusta" klubiga o'tishga yaqin turibdi.
Futbolchi so'nggi kunlarda erkin agent maqomida edi.
Klub rasmiy xabarida tomonlar principial kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan. Futbolchi tez orada jamoaga qo'shilib, 1 mavsumlik shartnoma imzolaydi. Kelajakdagi kelishuvning qolgan tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Krixovyak shu yilning yozida Saudiya Arabistonining "Abxa" klubini tark etgandi. Gjegoj faoliyati davomida ko'plab jamoalarda harakat qilgan, ammo muxlislar uni Franciyaning PSJ va Ispaniyaning "Sevilya" jamoalaridagi o'yinlari bilan eslab qolishgan.
Polshalik xavbek professional faoliyati davomida 499 ta o'yin o'tkazib, 59 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar