PSJ futbolchilariga klub hamkorlik qiladigan Coca Cola mahsulotini ichish taqiqlandi
19 avg 2022 19:42
Yangiliklar
PSJ futbolchilariga klub hamkorlik qiladigan Coca Cola mahsulotini ichish taqiqlandi
PSJning futbol bo'yicha yangi maslahatchisi Luish Kampush klubdagi dastlabki yirik harakatlaridan biri sifatida jamoaga ovqatlanish bo'yicha mutaxassisni yollashga qaror qildi.
Endilikda o'yinchilarga ovqatlanish vaqtida gazli ichimliklar istemol qilish taqiqlanadi.
Ajablanarlisi shundaki, Franciyaning amaldagi chempionlari Coca Cola bilan 2024 yilgacha homiylik shartnomasi tuzgan.
PSJda yangi mavsum boshlanishidan oldin ovqatlanish bo'yicha mutaxassis yo'q edi, shu bois super yulduzlar — Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar endilikda qatiy rejimga amal qilishi talab etiladi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 doirasida Portugaliyaning Vengriyaga qarshi o'yini oldidan Budapeshtda OAV bilan intervyu qilishidan avval Coca Cola idishlarini chetga surib, oddiy suv ichishni tavsiya qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"
Fikrlar