PSJ – "Borussiya D" uchrashuvi bosh hakami o'yin yakunlangandan so'ng yig'lab yubordi
08 may 21:08
Yangiliklar
PSJ – "Borussiya D" uchrashuvi bosh hakami o'yin yakunlangandan so'ng yig'lab yubordi
Kecha Daniele Orsato o'zining Evrokuboklardagi oxirgi uchrashuvini o'tkazgandi.
Italiyalik referi Daniele Orsato PSJ va "Borussiya Dortmund" jamoalari o'rtasidagi bahsda final hushtagini chalganidan so'ng yig'lab yubordi. Gap shundaki, Orsato Evro-2024dan keyin faoliyatini yakunlaydi. Kecha u Parijda o'zining evrokuboklardagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi va hissiyotlarini tiyib tura olmadi.
Malumot uchun, Daniele Orsato hakamlik faoliyatini 1993 yilda boshlagan va shu davr mobaynida 600 dan ortiq professional o'yinlarda ishlagan. Hakam A Seriyaning o'zida 288 ta matchda ishlashga muvaffaq bo'lgan.
PSJ – "Borussiya D" uchrashuvi Daniele Orsatoning ECHLdagi 55-o'yini bo'ldi. Hakam 2020 yil PSJ va "Bavariya" o'rtasidagi ECHL finalini ham boshqargandi.
Fikrlar